Hamid Aktamov: Qizilqum yuqori o'rinlar uchun kurashishga munosib jamoa
05 dek 2013 14:40
Yangiliklar
Hamid Aktamov: Qizilqum yuqori o'rinlar uchun kurashishga munosib jamoa
O'tgan mavsum Navoiyning Qizilqum jamoasi uchun o'ta murakkab va mashaqqatli kechdi. SHunga qaramay, O'zbekiston XXII milliy chempionatini nihoyatda bo'sh boshlagan konchilar yakunda 12-o'rinni egalladi.
Mavsum davomida jamoa murabbiylar shtabi va tarkibida bir qator o'zgarishlar amalga oshirildi. CHempionatni dastavval Ravshan Haydarov bosh murabbiyligida boshlagan Qizilqumda to'rtinchi turdan so'ng, Rustam Zabirov rahbarlikni qo'lga oldi. Ammo jamoa o'yinlarida ijobiy o'zgarishlar ko'zga tashlanavermagach, birinchi davradan keyin mahalliy mutaxassis Yuriy Lukin bosh murabbiy etib tayinlandi. Futbol klubiga rahbarlik qilgan Muhiddin Tashnaev esa o'z o'rnini Hamid Aktamovga bo'shatib berdi.
Oraliq tanaffusdan so'ng, deyarli yangilangan tarkibda uchrashuvlarni o'tkazgan navoiyliklar asta-sekin barqaror o'yinlar namoyish etib, yana muxlislar ishonchini qaytardi. Muhimi, birinchi davrada atigi 7 ochko jamg'argan Qizilqum mavsumni 25 ochko bilan yakunlashga muvaffaq bo'ldi. Bu esa jamoaning oliy ligadagi mavqeini saqlab qolishi uchun etarli bo'ldi.
Kuni kecha Qizilqum futbol klubi bosh direktori Hamid AKTAMOV mavsum yakuni, chempionat taassurotlari va kelgusi rejalar xususida jamoa Matbuot xizmatiga intervyu berdi:
- Hamid G'ulomovich, Siz jamoa rahbarligiga kelgan paytingizda Qizilqumning chempionat jadvalida egallab turgan o'rniga havas qilib bo'lmasdi. Ko'pchilik garchi chempionat yarmi hali oldinda turganligiga qaramasdan jamoani allaqachon kuchlilar ro'yxatidan o'chirib bo'lishgandi. SHunga qaramay, Qizilqum qisqa fursatda o'z o'yinini topib, oliy ligada o'z o'rnini saqlab qoldi. Bu oson bo'lmagan bo'lsa kerak, albatta.
- Ha, to'g'ri aytdingiz, atigi 7 ochko bilan so'nggi pog'onada borayotgan jamoani qabul qilib, ijobiy natija uchun kurashish oson emasdi. Qolaversa, jamoani nafaqat bosh murabbiy, balki unga qo'shilib bir yo'la o'n-o'n besh o'yinchi ham tark etgan. Qisqa fursatda jamoani qayta shakllantirish katta mehnat va mashaqqat talab etishi tabiiy edi. Ana shunday qiyin va og'ir vaziyatda viloyat futbol federaciyasi prezidenti va viloyat hokimligi, shuningdek, bosh muassisimiz - Navoiy kon-metallurgiya kombinati rahbariyatining ishonchi va o'z navbatida qo'llab-quvvatlashi jamoamiz azolariga dalda bo'ldi. CHunki davralar oralig'ida tarkibni etakchi va tajribali o'yinchilar bilan to'ldirish imkoni yo'q. Bir qator nomdor futbolchilarning boshqa jamoalarda amaldagi shartnomalari mavjud edi. SHu bois, bir necha yildan beri birinchi liga vakili Zarafshon (Navoiy) jamoasida ishlab kelayotgan mahalliy mutaxassis Yuriy Lukinni bosh murabbiylikka taklif etdik. Tarkibga ham asosan Navoiy futboli tarbiyalanuvchilari sanalgan o'yinchilarni jalb qildik. Birinchi davrada boshqa jamoalarda o'ynagan Akmal Rustamov, Isroil Ergashev (Olmaliq), Asqar Muxitdinov (Buxoro), Xurshidjon Yo'ldoshev (So'g'diyona), Eldor Boymatov (Nasaf) kabi o'yinchilar tarkibga qo'shib olindi.
- Muxlislar Qizilqumning ikkinchi davra uy uchrashuvlarini Navoiyda o'tkazganligiga guvoh bo'lishdi. Buni qanday izohlaysiz?
- Qizilqum Zarafshonda tashkil etilib, elga tanilgan. Buni inkor etmayman. Biroq, Zarafshondagi Qizilqum stadionida rekonstrukciya va tamirlash ishlari boshlanishi rejalashtirilayotganligi bois, ikkinchi davra uy uchrashuvlarini Navoiydagi So'g'diyona o'yingohida o'tkazdik. Ammo jamoaning oxirgi yillarda namoyish qilgan beqaror o'yinlari va qoniqarsiz natijalaridan minglab ishqibozlar ranjigan paytlar ham bo'lganligini tan olish lozim. Agar Zarafshonda o'tgan o'yinlardagi muxlislar tashrifi statistikasiga razm solsangiz, har bir o'yinni o'rtacha 2-3 ming muxlis stadionning o'zida tomosha qilganiga guvoh bo'lasiz. Uy uchrashuvlari So'g'diyona stadionida o'tkazila boshlagach, muxlislar tashrifi sezilarli darajada ortganligini tan olish kerak. Navoiyda har bir o'yinni bevosita stadionning o'zida 7-8 ming tomoshabin stadionning o'zida turib kuzatdi. Jamoaning oliy ligada o'z o'rnini saqlab qolishida ularning dadil qo'lla-quvvatlaganliklari ham juda asqotganligini etirof etmasdan bo'lmaydi. SHunday ekan, Qizilqum xoh Zarafshonda o'ynasin, xoh Navoiyda, musobaqalarda butun viloyatimiz sharafini himoya qilishini unutmaslik lozim. Muhimi, jamoamizning chiroyli va mazmunli futbol namoyish etib, o'z muxlislarini xursand qilishi biz uchun ahamiyatlidir.
- Demak, futbol klubi rahbariyati o'tgan mavsumda o'z oldiga qo'ygan vazifani muvaffaqiyatli uddaladi, deb aytsak arziydi. SHundaymi?
- Ochig'i, Qizilqum oliy ligada o'z o'rnini saqlab qolgan bo'lsa-da, yakuniy natijadan ko'nglimiz to'lgani yo'q. CHunki o'z vaqtida (2002 yil) milliy chempionat bronza medali sovrindori bo'lgan, mamlakat milliy terma jamoasiga bir qator istedodli futbolchilarni etkazib bergan jamoaning hozirgi egallagan mavqei uning obro'siga munosib emas. Jamoamiz azolari o'tgan mavsumning o'zida yanada yuqoriroq o'rinni egallashi ham mumkin edi. Biroq ayrim uchrashuvlarda hakamlarning noxolisligi jamoamizni qimmatli ochkolardan mahrum etganligini ham aytish kerak. Jumladan, Zominda So'g'diyonaga qarshi o'yinda bosh hakam Murod Muhamedovning qarorlari nafaqat futbolchilarimizni, balki muxlislarimizni ham qattiq ranjitdi. Agar jamoamizning qisqa fursatda qayta shakllanib, birorta ham nomdor va yulduz o'yinchilarsiz maydonga tushganligini hisobga olsak, yakuniy natijadan norozi bo'lishga aslo haqqimiz yo'q.
- Ayni paytda jamoa azolari tatilni davom ettirishmoqda. Yangi mavsum hozirligiga qachon kirishiladi?
- Klub rahbariyati va murabbiylar shtabi bilan kelishilgan holda jamoa azolariga 18 dekabrgacha tatil elon qilingan. Rejaga ko'ra, hademay mashg'ulotlarga kirishiladi. Dastlabki bosqich o'quv-yig'in mashg'ulotlari Navoiy shahrida tashkil qilinadi.
- Mish-mishlarga qaraganda, kelgusi mavsumda jamoani taniqli murabbiy Yuriy Sarkisyan boshqaradi, degan gap-so'zlar paydo bo'ldi. Bu haqda nima deysiz?
- O'tgan mavsumda bosh murabbiy Yuriy Lukin katta hajmdagi ishni bajarganligini yashirmayman. O'z oldiga katta maqsadlarni qo'yadigan har bir klub murabbiylar faoliyatini mukammal amalga oshishini istaydi. SHu bois, yangi mavsum oldidan murabbiylar shtabiga xorijlik tajribali murabbiylardan birini maslahatchi sifatida taklif etish niyatimiz bor. Rasman shartnoma imzolanmaguncha hozir aniq bir fikr aytish qiyin. Ammo Yuriy Sarkisyanning Navoiyga kelishi haqidagi gap-so'zlar quruq mish-mishlardan boshqa narsa emas. Kelgusi mavsumda ham Yuriy Lukin bosh murabbiylik faoliyatini davom ettiradi.
- Tarkibda ham jiddiy o'zgarishlar amalga oshiriladimi?
- Ha, albatta. Selekciya ishlari allaqachon boshlab yuborilgan. Tarkibda ayni paytda har bir chiziq bo'yicha tajribali o'yinchilarga ehtiyoj bor. Ikkinchi davrada tarkibimizda ijara asosida to'p surgan aksariyat o'yinchilar o'z jamoalariga qaytib ketishgan. SHu bois, muxlislar yangi mavsumda butkul yangilangan Qizilqum jamoasining o'yinlariga guvoh bo'lishlari shubhasiz. Ko'pchilik legionerlar xususida savol berishmoqda. Rahbariyat va murabbiylar shtabi bilan kelishgan holda yangi mavsumda asosiy etiborni mahalliy futbolchilarga qaratmoqchimiz. Bu bilan jamoamizga legioner o'yinchilarni umuman taklif etmaymiz demoqchimasmiz. Agar xorijdan taklif etiladigan o'yinchi mahalliy futbolchidan bir kalla ustun bo'lmas ekan, ularni taklif qilishdan nima foyda?! Milliy chempionatimizda o'tgan mavsumda to'p surgan ukrainalik Aleksandr Pishur, turkmanistonlik Artur Gevorkyan singari legionerlar bo'lsa, muxlislar oldida ham yuzingiz yorug' bo'ladi. 2013 yilgi mavsum agar aniq reja va dastur asosida ish olib borilsa, mahalliy o'yinchilar bilan ham ijobiy natijalarga erishish mumkinligini isbotlab berdi.
- Yuqoridagi fikrlaringizdan sezilib turibdiki, Qizilqum jamoasi yangi mavsumda ham uy uchrashuvlarini Navoiyda o'tkazar ekan…
- Bilasizmi, Navoiy shahrida katta sport infratuzilmasi bunyod etilgan. Bugun shaharda bitta emas, bir nechta zamonaviy stadionlar barpo etilgan. Jumladan, 2012 yilda foydalanishga topshirilgan yangi Yoshlik stadioni katta futbolni sog'inib kutmoqda. Bu erda futbolchilar uchun ham, muxlislar uchun ham barcha qulayliklar mavjud. Qizilqum yangi mavsumda uy uchrashuvlarini ana shu stadionda o'tkazishga yaqin turibdi. Ammo bu Zarafshonda katta futbol bo'lmaydi, degani emas. Hozirda viloyat futbol federaciyasi bilan bir qator istiqbolli rejalar xususida ish olib borilmoqda. Jumladan, yangi mavsumda birinchi liga vakili Zarafshon jamoasi mazkur shahar sharafini himoya qilishi rejalashtirilyapti.
- Muxlislarni yangi mavsumda yana qanday yangiliklar kutmoqda?
- Agar bilsangiz, o'tgan mavsumning ikkinchi yarmidan boshlab Navoiyda Qizilqum ishqibozlar klubiga asos solindi. Futbol klubi rahbariyati va xomiylarining say-harakatlari bilan jamoamizning Samarqand, Zomin, Toshkent, Guliston shaharlarida o'tgan uchrashuvlariga yuzlab muxlislarimizning safari uyushtirildi. Kelasi yili ham muxlislar bilan hamkorlikni davom ettiramiz. Navoiyda o'tadigan o'yinlarni chinakam bayram darajasiga olib chiqish niyatidamiz. Uchrashuvlardan oldin turli ko'ngilochar tadbirlar, Omadli chipta lotoreya o'yinlari tashkil etish va boshqa rang-barang loyihalar ustida ishlanmoqda. SHuningdek, kelgusi mavsumdan jamoa o'zining yangi logotipi ostida maydonga tushadi. Futbol klubimizning internetdagi rasmiy veb-sahifasini yanada mukammallashtirish niyatidamiz.
- Tilaklaringiz...
- Avvalo bizni har tomonlama qo'llab-quvvatlab kelayotgan Viloyat futbol federaciyasi, viloyat hokimligi, bosh muassisimiz - Navoiy kon-metallurgiya kombinati rahbar va mutassadilariga, uchrashuvlarda sevimli jamoalari yolg'izlatib qo'ymagan minglab muxlislarga rahmat aytaman. Bizni oldinda kutayotgan yangi mavsumda o'z oldimizga jiddiy maqsadlar qo'yganmiz. Navbatdagi chempionatda Qizilqum jamoasi azolari o'zlarining noxush ananalariga chek qo'yib, faqat ijobiy natija uchun kurashishga shaylanmoqda. Futbolchilarimiz yangi mavsumda kuchli beshlikdan o'rin egallash uchun maydonga tushadilar. Muxlislar ana shunday bir-biridan muhim uchrashuvlarda qo'llab-quvvatlashdan charchamasin. Ularning barchasining xonadonlariga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman. Yana stadionda ko'rishguncha!

Fikrlar