So’nggi yangiliklar

08:06МЮ Бруну бўйича бир қарорга келди  0 07:41Фабрицио Романо: "Ал Иттиҳод"нинг янги бош мураббийи маълум  0 01:57Ўзбекистон терма жамоаси янги мураббий қўл остида илк машғулотини ўтказди  12 00:49Мбаппе жароҳат сабаб Франция терма жамоаси билан машғулот ўтказмади  1 00:18Рональд Куман Натан Аке "Ман Сити"ни тарк этиши лозимлигини айтди  0 23:47Жейми Каррагер: "Аморимнинг янги йилгача ишдан хайдалиши муқаррар"  2 23:20Шенсни "Барса"га ўтишни хоҳламаганини ва бунга уни рафиқаси мажбур қилганини айтиб берди  2 22:47Миллий жамоанинг Каннаваро қўл остидаги бугунги машғулотларидан ГАЛЕРЕЯ  7 21:50Ямал "Реал"га қарши ўйнаши кутилмоқда  0 21:25"Арсенал" ва Райя ваниҳоят янги келишувга эришишди  1 20:55Жорди Альба мавсум якунида футболчилик фаолиятини якунлашини эълон қилди  4 20:23Гаттузо Каннаваронинг Ўзбекистон терма жамоасига тайинлангани ҳақида гапирди  15 19:58Хаби Алонсо "Реал"дан Вирцни кузатишни сўради  5 19:35Дракслер: "Қатарда нормал ҳаёт кечиришим мумкин..."  9 19:09"Арсенал" "Эмирейтс" стадионини кенгайтирмоқчи  0

Hamidjon Aktamov: "Meni Samvel Babayanga emas, uni menga qiyoslashsin. Boshqa gapim yo'q" Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: "Meni Samvel Babayanga emas, uni menga qiyoslashsin. Boshqa gapim yo'q"

Superliga 21-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Qizilqum"(0:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov fikrlarini bildirib o'tdi.




"Haqiqatdan ham bugun qiziq o'yin bo'ldi. Ikki jamoaga ham g'alaba kerak edi, olti ochkolik bahs guvohiga aylandik. Jamoamiz to'pni nazorat qildi va ko'proq hujumlar uyushtirdi. "Andijon" himoyada tartibli o'ynadi. Oxirigacha gol o'tkazmaslikka harakat qildi. Oxirgi uchrashuvlarda hujumga yakuniy nuqtani qo'yishga qiynalmoqdamiz. Qolgan barcha nuqtalarda yaxshi harakat qilyapmiz. "Andijon" ham qiyin vaziyatda, ularga ochko suv va havodek zarur. Ikki jamoa ham yomon o'yin ko'rsatmadi",- deydi Hamid Aktamov.

- Birinchi davrada jamoa og'ir ahvolda edi. Ikkinchi davrada esa bir muncha yaxshilandi. Jamoaga hozirda turnir jadvalida havfli hududdan uzoqda ekanligi hotirjamlik berdimi?

- Hech qanday hotirjamlikka berilganimiz yo'q. Hali oldinda beshta uchrashuv bor. Bu o'yinlarda ham maksimal darajada harakat qilib g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Kamchiligimiz gol urolmayapmiz.

- "Qizilqum" bugungi uchrashuvda bir ochko qo'lga kirtidimi yoki ikki ochko yo'qotdimi?

- Menimcha ikki ochko yo'qotdik. 

- Oxirgi to'rtta tur markazlashgan holatda neytral maydonda o'tishiga qarshi emasmisiz?

- Rahbariyat nimani lozim topsa biz qo'llab-quvvatlaymiz. Qaerda bo'lsa ham O'zbekistonda o'ynaymiz. Ko'pchilik nimani taklif qilgan bo'lsa shuning tarafdoriman. 

- Birinchi bo'limdan so'ng jamoa sardori SHerali Jo'raevni almashtirdingiz...

- SHerali Jo'raevning chiqib ketgani tasir qildi. Boshidan jarohat oldi, hozir kasalxonada. 

- Hamidjon Aktamov oxirgi marotaba qachon o'rinbosarlar jamoasining o'yiniga borgan?

- Har doim boraman. Faqat kecha bora olmadim. Jamoaning mashg'uloti bilan o'rinbosarlar jamoasining o'yini bir xil vaqtga qo'yilgan.  

- Sizni ko'pchilik menejer sifatida Samvel Babayanga qiyoslashadi. Bunga munosabatingiz qanday?

- Meni Samvel Babayanga emas, uni menga qiyoslashsin. Boshqa gapim yo'q. Men o'zimning ishimni proffessional darajada qilyapman. O'zim to'g'ri yo'ldaman, birovga taqlid qilib ishlamayman. 

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика