Hamidjon Aktamov: "Maydonda borini bergan futbolchilarimga rahmat aytaman"
26 iyu 2021 23:13
Yangiliklar
Hamidjon Aktamov: "Maydonda borini bergan futbolchilarimga rahmat aytaman"
Navoiyning "Qizilqum" jamoasi Superliganing 11-turida o'z maydonida "Bunyodkor"ni qabul qildi.
Ushbu uchrashuvdan so'ng jamoa bosh murabbiy Hamidjon Aktamov fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bugungi g'alaba bilan butun Navoiy xalqi va "Qizilqum" muxlislarini tabriklayman. G'alaba qozonish uchun maydonga tushgan edik. Hamma borini berib harakat qildi. Buning uchun futbolchilarimizga katta rahmat aytaman.
Fayzulla Qambarovning ahvoli yaxshi. O'ylaymanki, keyingi o'yingacha tayyor bo'ladi",- deydi Hamid Aktamov.
Fikrlar