So’nggi yangiliklar

07:25"Сиэтл Саундерс" Лига кубогининг финалида Месси бошчилидаги "Интер Майами"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  2 02:32ЛаЛига. "Барселона" Мадридда дуранг ўйнади  26 01:42А Серия. "Интер" ўз майдонида ютқазди, "Лацио"дан йирик ғалаба  2 01:15АПЛ. Эмилиано Мартинес қайдномага киритилмаган ўйинда "Астон Вилла" ўз майдонида йирик ҳисобда ютқазди  0 00:52Давид Райя: "Янги тўплар эскисидан фарқ қилади"  2 00:14Бундеслига. "Боруссия" Д йирик ғалабага эришди  0 23:45А Серия. "Ювентус" 2-турда ҳам ғалабага эришди  4 23:30Абдуқодир Ҳусанов "CAFA Nations Cup" мусобақасида ўйнайдими?  5 23:08Туркия. "Истанбул Башакшеҳир" ўз майдонида "Эйюпспор"ни мағлуб қила олмади  37 22:55"Севинч" тарих яратди ва ОЧЛга йўлланма олди!  5 22:40Пеп Гвардиола: "Балки Ҳусанов жароҳат олмаганида ютқазмаган бўлардик"  23 22:25АПЛ. "Ливерпуль" Собослаининг суперголи эвазига "Арсенал"ни мағлуб қилди  40 21:53"Манчестер Юнайтед" янги дарвозабони билан келишувга эришди  10 21:45АПЛ. "Брайтон" - "Манчестер Сити" 2:1  1 21:35Родри: "Мен Месси эмасман"  14

Hamann Kloppni ogohlantiradi: u ishdan ketishi mumkin Yangiliklar

Hamann Kloppni ogohlantiradi: u ishdan ketishi mumkin

Uning fikricha, Jordan Hendersonning so'nggi o'yinlardagi munosabati jiddiy muammolardan darak bermoqda.

"Liverpul" "Arsenal"dan 2:3 hisobida mag'lub bo'lganidan keyin yana bir bor diqqat markaziga tushdi. "Qizillar" bir qancha vaqtdan buyon yaxshi o'yin ko'rsata olmayotgani bois so'roqlarga duchor bo'layotgan edi. Klub atrofidagi tashvishlar ortib bormoqda.

Mersisayd klubi APLning 8 turidan keyin turnir jadvalining 10 pog'onasini egallab turibdi. Jamoa so'nggi uch o'yinda g'alaba qozona olmadi. Angliya chempionatida "Liverpul" hali mehmondagi o'yinlarda uch ochko ola bilmadi.

Jamoa ustozi Yurgen Klopp boshqaruvidagi 7 yilda klub erishishi mumkin bo'lgan barcha sovrinlarni qo'lga kiritdi. Biroq "Liverpul" sobiq o'yinchisi Ditmar Hamann bu ham mutaxassisning istefosiga to'siq bo'la olmasligini malum qildi:

"Liverpul"dagi holat boshqa jamoalarnikidan farq qilmaydi. Natija bo'lavermasa, qaysidir bosqichga kelib murabbiy bosim ostida qoladi. Agar ular kelasi hafta mag'lub bo'lsa yoki "Manchester Siti"ga qarshi o'yinda g'alaba qozona olmasa, to'rtinchi o'rindagi jamoadan sakkiz yoki to'qqiz ochko ortda qolib ketadilar. Klub egalari katta pul sarflashmasa-da, daromad tufayli CHempionlar Ligasida ishtirok etish juda muhim. Qaysidir bosqichda jamoa murabbiyini almashtirish muhokama qilina boshlaydi. Biroq men bundan ancha uzoqdamiz, deb o'ylamayman. Klopp shu hafta ham jamoani boshqarish uchun eng munosib nom uning o'zi ekanini takidladi".

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика