So’nggi yangiliklar

13:29"Ливерпуль" ярим ҳимоячиси ёзда жамоани тарк этади  0 13:00"Атлетико" "Ювентус" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 12:36Амрабат – "Милан"нинг ёзги мақсади  1 12:10Футзал бўйича Олий лига. БМБ Акбар Усмонов пента-трикка эришган ўйинда "Жиззах"га 9 та гол уриб, чемпионликни тантана қилди!  3 11:43"Ливерпуль" хавбеки АПЛ ва Бундеслигани солиштирди  0 11:19"Ливерпуль" "Спортинг" футболчиси учун курашда МЮдан олдинда  1 10:48«Барселона» жаҳон чемпиони билан шартнома тузишга яқин  6 10:20Анчелотти «Реал Мадрид» президенти Пересни Чемпионлар лигаси финалига чиққанидан кейин мақтади  4 10:19"Шўртан" ва "Қўқон-1912" ўртасидаги ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 09:52Хвича Кварацхелиянинг кейинги жамоаси маълум  2 09:27Криштиану Роналду: «Ҳеч қачон таслим бўлманг»  7 09:00«Боруссия» финалда «Реал Мадрид»га мағлуб бўлса, 5 миллион бонус олади  19 08:36ПСЖга Мбаппенинг ўрнига ким келиши маълум  4 08:11«Байер» 60 йиллик рекордни янгилади  6 07:48Про лига. Бугун 7-тур баҳслари якунланади  0

Ham O'zbekiston, ham Qozog'iston terma jamoasida o'ynagan Qayrat O'taboev bugun 39 yoshga to'ldi! Yangiliklar

Ham O'zbekiston, ham Qozog'iston terma jamoasida o'ynagan Qayrat O'taboev bugun 39 yoshga to'ldi!

Bugun o'zbekistonlik futbol muxlislariga yaqindan tanish bo'lgan futbolchilardan yana biri, "Paxtakor" tarkibida O'zbekiston, "Qayrat" va "SHaxtyor" safida Qozog'iston chempioni bo'lgan Qayrat O'taboev o'z tavallud ayyomini nishonlayapti.

Qayrat O'taboev – O'zbekistonda tug'ilgan qozog'istonlik futbolchi. 2000-2003 yillarda “Paxtakor” sharfini himoya qilgan. Qanot himoyasida o'ynagan Qayrat raqib hujumchilari uchun haqiqiy bosh og'rig'iga aylangan. Futbolchi “sherlar” safini tark etgach, Qozog'istoning bir qator klublarida o'ynadi. Orada 2009 yil “Andijon” sharafini himlya qildi. O'taboev futbolchilik faoliyatini 2012 yilda tugatgan. Etiborlisi Qayrat 2002 yil O'zbekiston terma jamoasida maydonga tushgan, 2005-2007 yillarda esa Qozog'iston terma jamoasida o'ynagan. 

O'taboev o'zbekistonlik futbol ishqibozlariga "Paxtakor" va "Andijon"dagi o'yinlari bilan yaxshi tanish. Aynan shonli jamoa tarkibida u O'zbekiston chempioni bo'lgan, mamlakat kubogini qo'lga kiritgan. SHuningdek, Qayrat "Qayrat" hamda "SHaxtyor" klublari safida Qozog'iston chempioni ham bo'lgan. Toshkent viloyatida tug'ilgan O'taboev hozirda Nur-Sultan shahrida yashayapti.

1980 yilning 16 iyul kuni Toshkent viloyatida dunyoga kelgan Qayratning bolalik yillari Yangibozorda o'tdi. Otasi Komil aka futbol murabbiyi bo'lgani uchun millionlar o'yiniga qiziqish o'z-o'zidan oilaviy muhit tasirida yuzaga keldi. Ilk saboqni aynan otasidan olgan. 1997 yilning 16 iyun kuni ilk professional shartnomasini kimsan "Paxtakor" klubi bilan imzolagan va to 2003 yilga qadar ko'pchilik uchun armon bo'lib qolgan klub sharafini himoya qilgan. Qayratga nima uchun Qozog'istonga ketgandingiz, deb bergan savolimga u shunday javob bergandi.  

- O'sha paytda "Qayrat" jamoasidan har tomonlama manfaatli taklif bo'lgandi. Bunga rad javobini bera olmasdim. To'g'ri, O'zbekiston klublaridan ham chorlov bo'lgandi. Lekin "Qayrat" varianti yaxshiroq ko'ringandi. Hozir shu mamlakat fuqarosiman. Lekin ota-onam, qarindoshlarim Toshkentda yashashadi. O'zbekiston mening vatanim! SHu yurtda dunyoga keldim, futbolchi sifatida tanildim. Ozmi-ko'p muxlislar etiboriga tushdim. Hammasi uchun rahmat. Men Qozog'iston, ham O'zbekiston terma jamoalari safida o'ynashga muvaffaq bo'lganman. Bunga FIFA tomonidan qarshilik bo'lmaganmi? Bu mavzuda menga juda ko'p savol berishadi. Malum muddat O'zbekiston yoshlar termasi sharafini himoya qildim. Milliy terma jamoadan taklif oldim va bir marta Slovakiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdim. 2004 yili oilam bilan Qozog'istonga ko'chib o'tdim va u erga borishim bilan fuqarolikni qabul qildim. Keyin kutilmaganda Qozog'iston terma jamoasidan chorlov bo'ldi. 

O'taboevning blic savollarga javobi:

- Qayrat O'taboevning muxlislik qiladigan jamoasi?

- O'zbekiston va Qozog'istonning barcha yosh toifasidagi terma jamoalariga muxlislik qilaman. SHuningdek, Italiya terma jamoasiga ham ishqibozman. 

- Yoqtirgan mashina rusumingiz?

- "Mersedes" markali mashinalar yoqadi.

- Taom pishirishni bilasizmi? 

- Albatta. Oshxona - sevimli joyim. Ochig'i, o'zbekcha to'y oshini sog'indim. 

- Qanday filmlarni tomosha qilasiz?

- "SHindlerning ro'yxati", "Kloklo", "Stalingrad" filmlari maqul kelgan. O'zi bolalikdan tarixiy janrdagi kartinalarni sevib tomosha qilaman.

- "Barselona" yoki "Real"?

- SHubhasiz, "Barsa". 

Bizning malumot

Qayrat O'taboev - 1980 yil 16 iyulda Toshkent viloyatida tug'ilgan. Toshkentdagi sobiq nomi bilan aytganda, Respublika olimpiya zaxiralari kollejida tahsil olgan. Ilk murabbiyi - otasi Komil aka O'taboev. "Paxtakor" jamoasi tarbiyalanuvchisi. "SHerlar" tarkibida mamlakat chempionligi va kubogini qo'lga kiritgan. SHundan so'ng, Qozog'istonning "Qayrat", "Olma-Ota", "Megasport", "SHaxtyor" va "Irtish" klublarida o'ynagan. Orada, 2009 yil «Andijon» safida ham to'p surgan. Qozog'iston milliy terma jamoasi tarkibida 10 ta o'yin o'tkazgan. O'zbekiston terma jamoasi libosida esa Slovakiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushgan. 

Qo'lga kiritgan yutuqlari

2001-2002 - kubok ("Paxtakor")

2002 - chempion ("Paxtakor")

2004 - chempion ("Qayrat")

2003 - kubok ("Qayrat")

2005 - bronza ("Qayrat")

2011 - chempion ("SHaxtyor")

2012 - kumush ("Irtish")

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика