So’nggi yangiliklar

21:07"Ювентус" "Манчестер Юнайтед" ўйинчиси билан музокараларни бошлади  0 20:35РПЛ. ЦСКА меҳмонда "Ахмат" билан дуранг ўйнади, Файзуллаев тўлиқ ўйнади ва огоҳлантирилди  5 20:10Суперлига. "Шўртан" – "Динамо" (матнли трансляция)  5 20:02"Рома" — "Фиорентина". Таркиблар маълум  12 20:02АПЛ. МЮ "Брентфорд"га мағлуб бўлди, "Ньюкасл" ва "Тоттенхэм" ўз ўйинларида дуранг қайд этишди  4 19:55“Сўғдиёна“ Фарғонада иккита гол урган баҳсда “Нефтчи“ 2:1 ҳисобида ғалаба қозонди  31 19:32"Фрайбург" — "Байер" ўйини учун таркиблар маълум, леверкузенликлар очко йўқотса, "Бавария" муддатидан олдин чемпионликка эришади  0 19:31"Челси" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  7 19:00Суперлига. "Қизилқум" - "Навбаҳор" 3:2 (матнли трансляция)  24 18:58Ла Лига. "Реал" Мбаппенинг дубли эвазига ғалаба қозонди, "Сельта" камбэкка яқин келганди  61 18:13"Қорабоғ" — "Сумқайит". Таркиблар маълум  3 17:58"Интер" ва "Барса" ўртасидаги EЧЛ жавоб ўйинини ким бошқариши маълум  7 16:21Клопп "Реал"га рад жавобини берганидан афсусда  19 15:27Breaking! Александр Хомяков "Андижон"дан кетди  60 15:23Арда Турон "Шахтёр" бош мураббийи бўлишга яқин  5

"HALA MADRID" - "Real" 113 yoshda Yangiliklar

"HALA MADRID" - "Real" 113 yoshda

Bugun bir necha o'n yillar davomida jahonning eng kuchli klublari safini to'ldirib turgan Madridning "Real" klubi 113 yoshda va bu bayram uchun muxlislarga alohida sovg'a tariqasida "Qirollik klubi"ga bag'ishlangan maqolani taqdim etamiz.

Tarix


1896 yilda Madrid klubining otasi hisoblangan "Futbol Skay" klubi tashkil etiladi. Ammo rasmiy tashkil topgan sana sifatida 1902 yil 6 mart qayd etilgan. Aynan shu sanada aka-uka Padros va Xulian Palasioslar "Madrid Football Club" nomli klub ochishadi. 1920 yilning 29 iyunida Ispaniya qiroli Alfons XIII klubga Qirollik nomini berdi va bu ispanchada "Real" deb ataladi.


 SHundan so'ng hozirgi zamonaviy "Real Madrid" nomi kelib chiqqan.


Klub yaratalishidan so'ng jamoa tezda ispan futbolida etakchilikka intildi: 1903 yildayoq ular mamlakat Kubogi finaliga chiqdi, ammo Bilbaoning "Atletik" klubiga mag'lub bo'lishdi. Bir necha yildan so'ng bu sovrin poytaxtga "ko'chib o'tdi": "Madrid" ketma-ket to'rt yil Ispaniya Kubogini qo'lga kiritdi. Ispaniya chempionati 1928/29 yildan o'tkazila boshlagan, bu vaqtgacha kuchlilar faqat tuman bo'yicha aniqlangan. "Madrid" (1920 yildan - "Real Madrid") bu vaqt oralig'ida o'z hududida 16 marta etakchi bo'lgan.

Gullagan davrlar

O'tgan yuz yillikning 50 yillarida Evropada qita futbol federaciyasi yaratib, unda klublar va terma jamoalar o'rtasida musobaqalar tashkil qilish rejasi tuzilgan edi.


 Ammo bu davrda "Real" katta obro'ga ega Ispaniyaning asosiy jamoasi hisoblanmas edi. "Real" 1954/55 mavsumda Evropa chempionlari Kubogida Ispaniya jamoalari orasida birinchi bo'lib ishtirok etdi. O'sha yildan boshlab "Real" Evropa cho'qqisida 5 yil turdi.


 Xalqaro arenadagi muvaffaqiyatlarga milliy chempionatdagi g'alabalar hamroh bo'ldi. "Qirollik klubi" 1954 yildan 1969 yilgacha 12 marta Ispaniya chempioni bo'ldi. Bu 15 yil ichida "Real" milliy chempionatni boy bersa, Ispaniya Kubogini qo'lga kiritar edi. SHunday qilib, ular 15 yil davomida Evropaning eng obro'li turnirida biror marta ham chiqib ketmadi va faqatgina 1970 yilda bu musobaqadan chetda qoldi. "Real"ning o'sha oltin erasida argentinalik Alfredo Di Stefano (1957 va 1959 yillarda Evropaning eng yaxshi futbolchisi), franciyalik Raymon Kopa (1960 yilda Evropaning ikkichi futbolchisi), Franchesko Xonto kabi futbolchilar porlagan.

1970-1990 yillar

1973-74 mavsumda "Real" Ispaniya Kubogi finalida "Barselona" ustidan qozonilgan yirik hisobdagi (4:0) g'alabani nishonladi. 


1978 yilda "Real" Uli SHtilike va Xuanitoni xarid qildi. Ularning o'yin uslubi bir-biriga mos kelmasada, SHtilike va Xuanito uzoq yillar davomida "Qirollik klubi"ning tumoriga aylandi. 1980 yilning 4 iyunida madridliklar mamlakat Kubogi finalida "Kastilya"ni 6:1 hisobida mag'lub etishadi. Kelasi yil "Real" yana o'zini Evropada eslatib qo'ydi, ular Evropa chempionlar Kubogida finalgacha etib bordi, ammo so'nggi bahsda Vuyadin Boshkov qo'l ostidagi "qaymoqranglilar" "Liverpul"ga 0:1 hisobida mag'lub bo'ladi. 1983 yilning dekabrida jamoaning bosh murabbiyi etib Alfredo Di Stefano tayinlanadi, jamoa safini esa Martin Esker, Michel, Sanchis va Emilio Butragenolar to'ldirishadi.


1985 yil 24 may kuni klub prezidentligi o'rnini Ramon Mendosa egallaydi. O'sha yili va undan keyingi yil "Real" UEFA Kubogini qo'lga kiritishadi. "Qirollik klubi" uy uchrashuvlarida raqibni xohlagan hisobda yutishga o'rganib qoladi, ammo bir safar hech kimning hayoliga kelmagan voqea yuz beradi: Menxengladbaxning "Borussiya"siga mehmonda 1:5 hisobida mag'lub bo'lgan "Real", o'z o'yida raqibga javobsiz 4ta gol urib, keyingi bosqichga yo'l oladi. Bir necha omadsiz mavsumdan so'ng "Real" bosh murabbiyligi o'rnini Xorxe Valdano egallaydi. Murabbiy asosiy tarkibda Redondo, Laudrup, Amaviske, Kike Floresga joy ajratib beradi.

1995 yilning 8 yanvarida Valdano jamoasi o'zining asosiy raqibi "Barselona"ni 5:0 hisobida taslim etadi va mavsum oxirida chempionlik sovrinini qo'lga kiritadi. Ammo keyingi mavsumda "Real" omadsizlikka uchraydi va jamoa shturvalini italiyalik Fabio Kapello o'z qo'liga oladi. Jamoa tarkibi ham ancha o'zgaradi va unga Zeedorf, Miyatovich va Roberto Karlos kabi futbolchilar jalb qilinadi. 


Mamlakatda chempion bo'lish uchun Kapelloga bir mavsum etarli bo'ldi. 1998 yilda "Real" "Yuventus"ni 1:0 hisobida mag'lub etib, ettinchi marta chempionlar Kubogini qo'lga kiritadi. Bir necha oydan so'ng ular "Vasko da Gama"ni taslim etim Qitalararo Kubog egasiga aylanadi.

1998/99 mavsumdagi omadsiz ishtirokdan so'ng, "Real" rahbariyati bosh murabbiylik lavozimini Visente del Boskega ishonadi va adashmaydi: klub sakkizinchi bor chempionlar Kubogi (CHempionlar ligasi) sovrinini qo'lga kiritadi. 2001 yilda "Real" 28 marta mamlakat chempioniga aylanadi.


"Real" FIFA talqini bo'yicha XX asrning eng yaxshi klubi deb topilgan. "Qirollik klubi" jahondagi eng katta byudjetga ega klub hisoblanadi. Ularning yillik pul aylanmasi 904 mln. evro. "Real" xatto jahonning eng qimmat klubi hisoblanadi (9.5 mlrd. evro). Qaymoqranglilar Ispaniyaning yuqori ligasini tark etmagan uch jamoadan biri hisoblanadi, qolgan ikki klublar esa "Barselona" va "Atletik".

Muvaffaqiyatlar:

  • Ispaniya CHempionati

  • CHempion (32, rekord): 1931/32; 1932/33; 1953/54; 1954/55; 1956/57; 1957/58; 1960/61; 1961/62; 1962/63; 1963/64; 1964/65; 1966/67; 1967/68; 1968/69; 1971/72; 1974/75; 1975/76; 1977/78; 1978/79; 1979/80; 1985/86; 1986/87; 1987/88; 1988/89; 1989/90; 1994/95; 1996/97; 2000/01; 2002/03;2006/072007/082011/12

  • Vice-chempion (21): 1929; 1933/34; 1934/35; 1935/36; 1941/42; 1944/45; 1958/59; 1959/60; 1965/66; 1980/81; 1982/83; 1983/84; 1991/92; 1992/93; 1998/99; 2004/05; 2005/06; 2008/09; 2009/10; 2010/11; 2012/13

    Ispaniya Kubogi
       G'olib (19): 1905; 1906; 1907; 1908; 1917; 1934; 1936; 1946; 1947; 1961/62; 1969/70; 1973/74; 1974/75; 1979/80; 1981/82; 1988/89; 1992/93;2010/11; 2013/14
    • Finalchi (20): 1903; 1916; 1918; 1924; 1929; 1930; 1933; 1940; 1943; 1958; 1959/60; 1960/61; 1967/1968; 1978/79; 1982/83; 1989/90; 1991/92; 2001/02; 2003/04; 2012/13;
    Ispaniya Superkubogi
       G'olib (9): 1988; 1989; 1990; 1993; 1997; 2001; 2003; 2008; 2012
    • Finalchi (5): 1982; 1995; 2007; 2011; 2014
    Eva Duarte Kubogi
    •  G'olib (1): 1947

    Liga Kubogi

                G'olib (1): 1984/85

    • Finalchi (1): 1982/83
    Hududiy chempionat/Mankomunado sovrini 23 (rekord)
    •  1904-05, 1905-06, 1906-07, 1907-08, 1909-10, 1912-13, 1915-16, 1916-17, 1917-18, 1919-20, 1921-22, 1922-23, 1923-24, 1925-26, 1926-27, 1928-29, 1929-30, 1930-31, 1931-32, 1932-33, 1933-34, 1934-35, 1935-36

Xalqaro sovrinlar

  •  UEFA CHempionlar ligasi/ CHempionlar Kubogi
       G'olib (10,rekord): 1956, 1957, 1958, 1959, 1960, 1966, 1998, 2000, 2002, 2014
    • Finalchi (3): 1962, 1964, 1981

     UEFA Evropa ligasi/ UEFA Kubogi
    G'olib (2): 19851986
    UEFA Kubogi g'oliblari Kubogi
       Finalchi (2): 1970/71, 1982/83
    Superkubok UEFA
      G'olib (2): 2002, 2014
     Qitalararo Kubogi
       G'olib (3): 1960, 1998, 2002
    Klublar o'rtasidagi jahon chempionati
       G'olib (1): 2014
    Kichik jahon Kubogi
    •  G'olib (2, rekord): 1952, 1956
    • Finalchi (1): 1963
    Lotin Kubogi
    •  G'olib (2): 1955, 1957
    Ibero-amerika kubogi
    •  G'olib (1, rekord): 1994
    Iberiya kubogi
    •  Finalchi (1): 2000
    Franc Bekkenbauer Kubogi
    •  G'olib (1): 2010
    Santyago Bernabeu Kubogi
    •  G'olib (24, rekord): 1981, 1983, 1984, 1985, 1987, 1989, 1991, 1994, 1995, 1996, 1997, 1998, 1999, 2000, 2003, 2005, 2006, 2007, 2008, 2009, 2010, 2011, 2012, 2013
    • Finalchi (9): 1980, 1986, 1988, 1990, 1992, 1993, 2001, 2002, 2004

Rekordlar

Jamoaviy rekordlar

  • UEFA CHempionlar ligasida 10ta g'alaba
  • UEFA CHempionlar ligasida 214ta g'alaba
  • UEFA CHempionlar ligasida ketma-ket 32ta o'yinda gol
  • 32ta Ispaniya chempionligi
  • Ispaniya chempionatida bir mavsumda 121ta gol
"Real" safida eng o'yin o'tkazgan futbolchilar

1. Raul Gonsales - 741

2. Manuel Sanchis - 711

3. Iker Kasilyas - 708


"Real" ayni damda CHempionlar ligasi g'olibi hisoblanadi va bu natija "Qirollik klubi"ning hozirgi kuchini tasvirlab turibdi. Bu klub "Qirollik klubi" nomiga mos jamoa ekanligini "Real"ga asos solinganidan beri isbotlab kelyapti.  Bugun "Real" 113 yoshga to'ldi va bu bayram bilan barcha "qaymoqranglilar" muxlislarini tabriklaymiz.


Eslatib o'tamiz, "HALA MADRID" so'zini ko'pchilik o'zicha tarjima qiladi. Ammo bu so'zning aniq tarjimasi yoki manosi keltirilmagan.

1-variant. Tarixda Ispaniya arab mamlakatlari mustamlakasi bo'lgan va "HALA" so'zi arab tilida "SHon-sharaf" so'zini anglatadi. SHu sabab bu atama "Realga shon-sharaflar" maonsini anglatishi mumkin. Ispanchada "H" (acha) harfi o'qilmaydi, shu sababli, ALA Madrid deyiladi.

2-variant. Bazilar hozirgacha bu so'zni "Yaratgan, Madridni asra" deb tushunadi. Ammo bu hech qaerda isbotlanmagan.

3-variant. Ko'pchilik "HALA MADRID" so'zini "OLG'A MADRID" sifatida ishlatadi. Bu variant ham isbotlanmagan.

So'zimiz so'ngida "Real"ning ashaddiy muxlislari uchun "Qirollik klubi"ning 113 yoshiga atalgan maxsus videorolikni taqdim etamiz.

HALA MADRID

TAS-IX


TAS-IX emas



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика