So’nggi yangiliklar

15:37"Бавария" "Ливерпуль" форвардини харид қиладими?  0 14:58Кьеза "Ливерпуль"дан кетишни хоҳламоқда  0 14:31"Барселона" де Йонг учун қанча пул хоҳламоқда?  3 13:55ҚПЛ. Яхшибоев киритган тўп йилнинг энг чиройли голи деб топилди  5 13:31МЛСнинг икки клуби Де Брюйне учун курашмоқда  0 12:51"Манчестер Юнайтед" Беллингем билан шартнома имзоламоқчи  2 12:20"Ювентус" "Барселона" юлдузига эга бўлмоқчи  0 11:58"Реал" АПЛдан марказий ҳимоячи олмоқчи  4 11:29"Манчестер Юнайтед" ва ПСЖ "Атлетико" собиқ ҳужумчиси учун 80 млн евро тўлашга тайёр  0 10:47Трент Александр-Арнольднинг келажаги маълум  4 10:07«Челси» жорий мавсум АПЛда бир дақиқа ҳам ўйнамаган футболчини 40 миллионга сотмоқчи  2 09:31Goal мавсумнинг энг омадли трансферлари рейтингини тузди. Рўйхатдан МЮнинг уч нафар собиқ футболчи жой олди  3 08:55«Сўғдиёна» БААдаги йиғини давомида яна бир Россия жамоасига қарши баҳс олиб боради  2 08:13«Реал Мадрид» Ла Лиганинг навбатдаги турида тарихий натижага эришиши мумкин  8 07:40Бугун ёшларимиз Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб боради  4

Hal qiluvchi saralash oldidan: Uyda boshlab uyda tugatish ustunlik beradimi? Yangiliklar

Hal qiluvchi saralash oldidan: Uyda boshlab uyda tugatish ustunlik beradimi?

"Jahon chempionati har qachongidan yaqin". 27 iyun kuni bo'lib o'tgan qura tashlash marosimidan so'ng ko'pchilik shu gapni ayta boshladi.

27 iyun - yurtimizda OAV xodimlari vak jurnalistlar kasb bayrami nishonlanayotgan bir paytda OFK qarorgohida JCH-2026 saralash bosqichining hal qiluvchi 3-raundiga qura tashlandi. 

Toshkent vaqti bilan 12:00da start olgan qura marosimini ko'pchilik katta qiziqish bilan kuzatib bordi. CHunki bu raund yakunida biz to'g'ridan-to'g'ri jahon chempionatiga yo'l oladigan 6ta jamoa nomini bilib olamiz.

O'zbekiston - "A" guruhida

Quradan avval jamoalar FIFA reytingining 2024 yil 20 iyun holatiga ko'ra, uchtadan 6ta savatchaga ajratildi. Bu degani biz Saudiya Arabistoni va Iordaniya bilan bir savatchada (yani, 3-savatda) bo'lganimiz bois bu ikki jamoa bilan bitta guruhga tushmasligimiz aniq edi.

OFK qura tizimiga xos ravishda eng quyi savatchadan jamoalarni tortishni boshladi. UZBEKISTAN yozuvi tortilib, "A" guruhidan joy olganimizda KXDR (SHimoliy Koreya), Qirg'iz Respublikasi (Qirg'iziston) va BAA (Birlashgan Arab Amirliklari) allaqachon bu guruhga tushib bo'lgandi. Raqiblarni ko'rib birmuncha engil tin oldik. Har holda bemalol o'ynasa bo'ladi.



Keyin esa ichki xavotir bilan birinchi va ikkinchi savatchadagi eng kuchli raqiblarni kuta boshladik. 2-savatchada Avstraliya, Qatar va Iroq bor bo'lib, biz uchun Iroq yoki Qatar tushishining farqi yo'q edi, chunki ikkalasi ham deyarli teng raqib. To'g'ri, Qatar - Osiyo chempioni, lekin bu ham ularning Iroqdan yaqqol ustun ekanligini ko'rsatmaydi. Muhimi, Avstraliya tushmasa bo'lgani edi... Yo'q, qo'rqqanimizdan emas, balki yo'l uzoqligidan. Axir 14-16 soat uchishga to'g'ri kelardi, yana bir tomonga.

Xayriyat, Avstraliya bizni chetlab o'tdi va qura bizga Qatarni ro'baro' qildi. Endi navbat 1-savatchadagi raqibni kutish qoldi. Bu savatchadan Yaponiya, Janubiy Koreya va Eron joy olgan bo'lib, uchalasi ham kuchli va yaxshi futbol namoyish etadigan mamlakat hisoblanadi. Yaponiya yoki Janubiy Koreya tushsa, darhol guruh favoritiga aylanadi-qo'yadi. Toki guruh o'yinlari tugamaguncha shuni o'ylab yuraveramiz.

Qura bu tomonlama ham biz uchun omadli kelib, Eronni ro'baro' qildi. Ular bizni qanchalik yaxshi bilsa, biz ham ularni shuncha bilamiz. Bir so'z bilan aytganda, eski tanishlar to'qnashuvi. Yaqindagina ular bilan o'ynab ko'rdik, yani, saralashning ikkinchi bosqichida. Toshkentda 2:2 va Tehronda 0:0. Ayniqsa, o'zimizdagi o'yin zo'r bo'lgandi. Sergeevning bahs tugashiga kam vaqt qolganida gol urib, ajoyib "kambek"ni amalga oshirganimiz hamon yodimizda.

Xullas, har ikkala o'yin durang natija bilan yakun topib, g'olib aniqlanmagani boismi, uchinchi bosqichda yana Eron terma jamoasi bilan kurash olib boradigan bo'ldik. Yana bir qiziq malumot, ikkinchi bosqichda har ikki jamoa bir xil 14 ochkodan to'pladi va faqat to'plar nisbatiga ko'ra, Eron guruhda birinchi o'rinni egalladi.


Uyda boshlaymiz, uyda tugatamiz

Saralashning uchinchi bosqichiga qura tashlab bo'lingach, guruh o'yinlari taqvimi ham tayyor bo'ldi. Dastlabki bahsni 5 sentyabr kuni Toshkentda KXDRga qarshi o'tkazamiz. Guruhdagi oxirgi o'yinni ham Toshkentda o'tkazamiz: kelasi yilning 10 iyun sanasida Qatarga qarshi.

Guruhdagi barcha uy uchrashuvlarini "Bunyodkor" stadionida o'tkazishimiz OFKga malumot sifatida berilgan. Ilk turda KXDRni yutib olsak, so'ngra oradan 5 kun o'tib Bishkekda Qirg'iziston bilan bahs olib boramiz. Mana shu ikkita o'yinda qo'lga kiritilajak 6 ochko biz uchun juda muhim. CHunki 3-turda asosiy raqiblardan biri Eronni qabul qilamiz. Har holda Eron bilan o'yinga ko'tarinki kayfiyatda borsak yaxshi-da.

Ushbu yil oxiriga qadar 6ta uchrashuvda maydonga tushamiz. SHundan uchtasi o'z maydonimizda bo'ladi: KXDR, Eron va BAAga qarshi. Yana 3ta bellashuvni safarda o'tkazamiz: Qirg'iziston, Qatar va KXDR bilan. KXDRga qarshi uy-mehmon tarzidagi ikkita bahsni ham shu yilning o'zidayoq o'tkazamiz. Faqat hozircha safar uchrashuvi qaerda bo'lishi to'liq malum emas.



SHunda 2025 yilga to'rtta o'yinimiz qoladi: ikkita uy, ikkita safar. Uyda Qirg'iziston bilan Qatarni qabul qilsak, safarda Eron va BAA mehmoni bo'lamiz. Tan olaylik, jahon chempionatiga har qachongidan yaqinmiz, lekin ancha qiyin yo'lning boshida turganimizni ham unutmaylik. Evropa chempionatida ko'ryapmiz, hech bir jamoa osonlikcha taslim bo'lmayapti. Hamma futbol o'ynashni o'rganib oldi. Kuchli mutaxassislarning dunyo bo'ylab tarqalishi futbol rivojiga juda katta turtki bo'lyapti.

O'yinlar boshlanar mahal agar o'zimizda muammo bo'lmasa, har qanday raqib bilan o'ynay olamiz. Ko'plab futbolchilarning chetga ketishi qo'rqmay futbol o'ynay olishimizga sabab bo'lyapti, buyoqda ichki chempionatda raqobat oshishi ham terma jamoaga katta yordam beryapti. Eng muhimi, biz qo'rquvni yo'qotdik, shuning uchun ham natijalarimiz tobora yaxshilanib borishiga ishonch bilan qaray olamiz. 

Kelasi yil shu payt O'zbekiston terma jamoasining to'rtinchi saralash bosqichidagi emas, balki jahon chempionatidagi raqiblari kim bo'larkin degan o'y bilan xushkayfiyatda yurish hammamizga nasib etsin.


P.S. Unutib qo'ymaslik uchun taqvimni yana bir bor keltirib o'tamiz. 


1-tur. 5 sentyabr. O'zbekiston - KXDR

2-tur. 10 sentyabr. Qirg'iziston - O'zbekiston


3-tur. 10 oktyabr. O'zbekiston - Eron

4-tur. 15 oktyabr. O'zbekiston - BAA


5-tur. 14 noyabr. Qatar - O'zbekiston

6-tur. 19 noyabr. KXDR - O'zbekiston


7-tur. 20 mart. O'zbekiston - Qirg'iziston

8-tur. 25 mart. Eron - O'zbekiston


9-tur. 5 iyun. BAA - O'zbekiston

10-tur. 10 iyun. O'zbekiston - Qatar


X.Xoliqov. 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика