Hakim Fuzaylov: "Zaxiramiz torligi pand berdi"
12 fev 2019 18:12
Yangiliklar


Hakim Fuzaylov: "Zaxiramiz torligi pand berdi"
OCHL-2019 saralash bosqichi doirasidagi AGMK - "Istiqlol" (4:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Hakim Fuzaylov ishtirok etdi.
- AGMK jamoasini g'alaba bilan tabriklayman va keyingi raundda ularga omad tilayman. Bizga jamoamizning zaxirasi juda torligi pand berdi. O'yinga keladigan bo'lsam, doimgi qishki futbol guvohiga aylandik. Endi jamoani OFK kubogi guruh bosqichiga tayyorlash lozim. Buning uchun esa selekciya ishlarini yanada jiddiyroq olib borish talab etiladi. Tarkibni kuchaytirmasak bo'lmaydi", - deya o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Hakim Fuzaylov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar