Hakim Fuzaylov: "Bugun ikki ochko yo'qotdik"
14 avg 2024 21:52
Yangiliklar
Hakim Fuzaylov: "Bugun ikki ochko yo'qotdik"
Pro-liganing 16-turidan o'rin olgan "Xorazm"-"SHo'rtan" (0:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O'yin haqida
- Albatta, bugungi o'yin oson o'tmadi. SHuni aytishim mumkin, biz 2 ochko yo'qotdik. Ochkolarni boy berishni tugatishimiz kerak. Har bir jamoaning ham maqsadi bor. Bitta gol g'alaba uchun etarli bo'ladi, yuzaga kelgan vaziyatlardan foydalana olmadik.
- Jamoaga yangi qo'shilgan yosh futbolchilar haqida fikringiz?
- Yoshlarni tarkibga jalb etdik, ularning iqtidoriga shubha yo'q. Birdaniga to'liq yoshlarga imkoniyat bera olmaymiz. Pro-ligadagi o'yinlar oson o'tmayapti. O'yinlar mobaynida ularni katta futbolga tayyorlab boramiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar