So’nggi yangiliklar

02:13ЕЧЛ. "Қорабоғ", "Пафос" ва "Брюгге" саралашнинг сўнгги босқичидаги илк баҳсларни ўз фойдаларига ҳал қилишди  0 02:02Ла Лига. Мбаппенинг пенальтидан киритган голи "Реал Мадрид"га илк турдаги ғалабани тақдим этди  33 02:00Муҳаммад Салоҳ Англия профессионал футболчилар уюшмаси талқинига кўра АПЛнинг энг яхши футболчиси деб топилди  0 01:54Англия профессионал футболчилар уюшмаси АПЛ рамзий терма жамоасини эълон қилди  1 01:10Фарҳод Нишонов: "Вазиятлардан фойдаланганимизда ўйин сценарий бошқача кечиши мумкин эди"  0 00:56Неъматилло Қуттибоев: "Бугунги ғалаба – қаҳрамонлик. Йигитлар ва мухлисларга раҳмат"  0 00:50Гвардиола "Сити" билан шартномасини узайтирадими? Мураббийнинг ўзи жавоб берди  1 00:25"Арсенал" Троссарднинг маошини сезиларли даражада оширмоқчи  0 23:30Эрон. "Истиқлол" илк турда "Трактор"ни мағлубиятга учратди  1 23:23Гарначо "Бавария"га йўқ деди. Футболчи "Челси"га ўтмоқчи  2 22:25"Наполи" "Жирона"дан 20 млнлик трансферни амалга оширди  0 21:45"Марсель" жанжалкашларни расман бадарға қилмоқда. Рабьога таклифлар бор  1 21:01ПФЛ Бергер тизимини бекор қилса, янги тақвимда тарихий омиллар ҳисобга олинадими?  9 20:51Моуринью мураббий сифатида ўсишига ёрдам берган футболчи ҳақида гапирди  9 20:25Мбаппе Доннарумманинг ПСЖдаги ҳолати ҳақида: "Бу оғир ва адолатсиз давр"  3

Hakim Fuzaylov: “Yaqin o'n kun ichida ko'p narsaga oydinlik kiritiladi” Yangiliklar

Hakim Fuzaylov: “Yaqin o'n kun ichida ko'p narsaga oydinlik kiritiladi”

Bugun “Lokomotiv” stadionining anjumanlar xonasida klub sport direktori Ravshan Muqimov hamda bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi Hakim Fuzaylov bilan matbuot anjumani tashkil etildi. Suhbat davomida murabbiylar bir nechta savollarga javob qaytarishdi.
-   Yakuniga etgan mavsumdan qoniqdingizmi?
Hakim Fuzaylov:
- Osiyo chempionlar ligasidan erta chiqib ketganimizni hisobga olmaganda, ha. Milliy chempionatda ikkinchi o'rinni oldik, O'zbekiston Kubogida yarim finalga qadar etib bordik. Buni esa “Lokomotiv” uchun yaxshi natija desak bo'ladi. Biz ushbu yutuqlar orqali bir qadam oldinga qadam tashladik.
Ravshan Muqimov: - Albatta, bu yutuqlar o'z-o'zidan qo'lga kiritilgani yo'q. Buning uchun hamma qo'lidan kelgancha harakat qildi. SHu o'rinda klubimizni qo'llab turgan homiylarga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Xususan “O'zbekiston temiryo'llari DATK” boshqaruv raisi Ramatov Ochilboy Jumaniyozovichga alohida rahmat aytsak arziydi.
 
-   Legionerlardan Alan Kusov jamoaga kirishib keta olmadi. Bu haqda nima deya olasiz?
Hakim Fuzaylov:
- Biz uni katta niyatlar bilan qo'lga kiritgandik. Aslida Alan yaxshi futbolchi, faqat jarohat olgani to'liq o'ynab ketishiga to'sqinlik qildi.
 
-   Yaqinda “Bunyodkor”dan Lutfulla To'raevning “Lokomotiv”ga o'tgani haqida xabarlar chiqdi.
Hakim Fuzaylov:
- Ha, biz Lutfullani o'z safimizga qo'shib oldik va bundan juda mamnunmiz. O'ylaymanki, oliy ligadagi ko'p jamoalar o'z tarkibida To'raevdek mehnatkash futbolchi bo'lishini xohlaydilar. Biz uni o'zining poziciyasida o'ynatmoqchimiz. Lutfulla ko'proq hujumga qo'shiladimi yo himoyachilarga yordam berish bilan shug'ullanadimi, buni keyinroq o'ylab ko'ramiz.
 
-   Tajribali darvozabon Pavel Bugaloning ketishi bazi gap-so'zlarga sabab bo'ldi. Eshitishimizcha, uning darvozada turgisi kelmagan ekan.
Ravshan Muqimov
: - Bu bo'lmagan gap. Bugalo – tajribali posbon, faqat biz tarkibni yoshartirish maqsadida u bilan xayrlashishni maqul ko'rdik. O'ylaymanki, Timur G'aniev ham yomon darvozabon emas. SHuningdek, o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etib qaytgan Sarvar Karimov ham kelajagimiz hisoblanadi.
 
-   Agar “Lokomotiv” o'z safiga birorta kuchliroq darvozabonni qo'shib olmasa, jamoa keyingi mavsum ancha qiynalishi mumkin.
Hakim Fuzaylov: -
Bu fikrga qo'shilmay iloj yo'q. Agar tarkibni birorta mahalliy darvozabon bilan to'ldirib olsak, yomon bo'lmasdi. Mabodo o'zimizdan darvozabon topa olmasak, unda legionerlarga murojaat qilamiz.

-   “Bunyodkor”dan Jasur Hasanov kelishi mumkinmi?
Hakim Fuzaylov:
- To'g'ri, u bizning ro'yxatdan joy olgan, lekin klubimizga keladimi-yo'qmi, hali malum emas. O'ylaymanki, yaqin o'n kun ichida ko'p narsaga oydinlik kiritiladi. Agar jamoamizga birorta yangi futbolchi kelib qo'shilsa, bundan birinchi bo'lib sizlarni xabardor qilamiz.

-   “Lokomotiv” OCHL bahslarini qaysi stadionda o'tkazadi?
Ravshan Muqimov
: - Zayavkani taqdim etayotganda o'zimizning stadionni ko'rsatganmiz. Menimcha, raqiblarni shu stadionda qabul qilsak, bundan muxlislar ham xursand bo'lishadi.
 
-   Malumki, “Loko” bu yilgi chempionatda faqat to'rtta o'yinda mag'lubiyatga uchradi. Siz uchun qaysi mag'lubiyat eng alamlisi bo'ldi?
Hakim Fuzaylov: -
Albatta, safarda “Qizilqum” va “Dinamo” bilan kechgan bellashuvlardagi mag'lubiyat. CHunki har ikkala bahsda ham tashabbus to'liq biz tomonda bo'la turib yutqazib qo'ydik. Natijada chempion bo'la olmadik.

-   Sizningcha, oliy liganing eng yaxshi uch futbolchisi kim?
Hakim Fuzaylov:
- Artur Gevorkyan, Oleksandr Pishur va Jamshid Iskanderov.

-   Nega “Lokomotiv”dan hech kim yo'q?
Hakim Fuzaylov:
- Agar jarohat olmaganida Farhod Tojievni ham bu ro'yxatga kiritgan bo'lardim.
 
-   Jamoa yangi mavsumga tayyorgarlikni qachon boshlaydi?
Hakim Fuzaylov:
- Kelasi yil OCHLda ishtirok etishimizni inobatga olib, mavsumga vaqtliroq hozirlik ko'ramiz. Dastlab dekabrda yig'ilib, Toshkentda yig'in o'tkazamiz. Keyin yanvarda BAA hamda fevralda Turkiyaga borib, jami 14ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazmoqchimiz.  

Xayrulla Xoliqov yozib oldi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика