Hakim Fuzaylov: O'z oldimizga faqat yuqori maqsad quyganmiz
17 iyu 2013 13:31
Yangiliklar
Hakim Fuzaylov: O'z oldimizga faqat yuqori maqsad quyganmiz
O'zbekiston XXII milliy chempionatining 1-davra o'yinlarini Lokomotiv jamoasi ko'tarinki ruhda o'tkazgan holda oraliq marraga 32 ochko bilan 2-o'rinda etib keldi.
Agar chempionatda peshqadamlik qilayotgan Bunyodkor klubi temiryo'lchilardan atigi 2 ochkoga ilgarilab ketganini inobatga olsak, chempionatda kurash hali oldinda ekani oydinlashadi. So'nggi paytlarda turli internet saytlari va ommaviy axborot vositalarida Lokomotiv o'z safiga u yoki bu futbolchini qo'shib olayotgani, qolaversa jamoa qaysidir futbolchilarini ijara asosida boshqa klublarga berib yuborishi kutilayotgani haqida mish-mishlar ko'payib ketdi. Ana shu savollarga javob olish maqsadida jamoa bosh murabbiyi Hakim Fuzaylovga murojaat qildik.
- Hakim Qayumovich, jamoaning 1-davradagi ishtirokini qanday baholaysiz?
- Umuman olganda Lokomotiv klubi 1-davra o'yinlarini yaxshi o'tkazdi, deyish uchun asoslar etarli. Buni natijalar ham ko'rsatib turibdi. Lokomotiv mavsumning birinchi yarmini 2-o'rinda tugatdi. Mamlakat kubogi bahslarida ham g'oliblik uchun kurashni davom ettirmoqda. 1-davrani bir maromda o'tkazdik, jamoamiz o'yinida pasayish kabi holatlar kuzatilmadi. Ortda qolgan 1-davrada faqat Nasaf klubiga imkoniyatni boy berdik. Meni quvontirgani, jamoa kerak paytda o'yinni ko'chaytira oladi.
- 1-davradagi qaysi uchrashuvlarda jamoangiz ko'rsatgan o'yinlar sizga yoqdi?
- Bunday o'yinlar ko'p bo'ldi. Ayniqsa, Lokomotiv chempionat etakchilari Bunyodkor va Paxtakor bilan tengma-teng kurasha olishini isbotladi. Safarda esa Neftchi bilan ham yaxshi o'yin bo'ldi. Bir so'z bilan aytganda, mavsumni jamoa juda yaxshi boshladi. Buxoro va SHo'rtan jamoalari yirik hisoblarda mag'lub etildi. Bu esa jamoaning o'z kuchiga bo'lgan ishonchini oshirdi.
- Jamoa oldiga mavsum boshida chempionlik vazifasi qo'yilgandi. Lokomotiv ayni paytda 2-o'rinni egallab turganini inobatga olsak, aftidan tarkib ko'chaytirilishi zarur. Qaysi chiziqlarni ko'chaytirishni xohlardingiz?
- Har bir chiziqni ko'chaytirsak bu jamoaga ortiqchalik qilmasdi. Negaki raqobat hech qachon jamoa zarariga xizmat qilmaydi. Jamoamizda himoya, yarim himoya va hujum chiziqlariga bittadan yaxshi saviyali, Lokomotiv o'yinini ko'chaytira oladigan yangi futbolchilar taklif etilishiga qarshi emasdim.
- Hujum chizig'ini ko'chaytirish shartmi? Axir Farhod Tojiev mavsumni yuqori saviyada o'tkazmoqda, qolaversa Lokomotiv 1-davraning eng sermahsul jamoasi bo'ldi...
- Farhod Tojievga ham munosib raqobatchi bo'lsa zarar qilmasdi. Qolaversa, futbol hech qachon bir joyda turmaydi. O'z oldiga jiddiy maqsadlarni qo'ygan jamoa borki muntazam ravishda o'yinini ko'chaytirish va rivojlanishga intilishi kerak.
- Mavsum oxirlariga kelib jamoa futbolchilarida biroz charchoq alomatlari ko'zga tashlandi. Buni qanday izohlaysiz?
- Bu tabiiy hol. Sababi, jamoamiz yangi mavsumga tayyorgarlikni boshqa jamoalarga nisbatan ertaroq boshladi. CHunki Lokomotiv Osiyo CHempionlar ligasi saralash o'yinlarida ishtirok etishi lozim edi. SHu sababli biz rasmiy o'yinlarga fevral oyining o'rtalaridan kirishdik. Bu albatta yigitlarning jismoniy holatiga tasir ko'rsatadi.
- SHunday ekan nega jamoa mavsum oralig'idagi tayyorgarlikni tog'li hududlarda olib bormayapti?
- Jamoamiz tayyorgarlik rejasini ishlab chiqqanda avvaliga yozgi o'quv-mashg'ulotlar yig'inini tog'li hududlarda olib borishni rejalashtirgan edik. Ammo, biz hoxlagan joy ayni paytda band ekan. Bizga taklif etishgan boshqa joylardagi sharoitlar esa murabbiylar shtabini qoniqtirmadi. Xorijga chiqish rejamizda yo'q edi. Sababi, biz barcha o'yinlarni O'zbekiston hududida o'tkazamiz va futbolchilarning mahalliy iqlim sharoitida mashg'ulot olib borishgani maqsadga muvofiq, deb topdik.
- Ushbu yig'in doirasida nazorat-sinov uchrashuvlari ham o'tkaziladimi?
- Albatta. Biz 21 iyul kuni Buxoro jamoasi bilan Toshkent viloyatidagi Do'stlik stadionida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishga kelishib qo'yganmiz. SHuningdek, 26 iyul kuni xuddi shu stadionda Bekobodning Metallurg jamoasiga qarshi maydonga tushamiz. Ana shu o'yinlarda yangi futbolchilarni ko'zdan kechirib olamiz.
- Yangilar haqida so'z ochdingiz. Suyunovning Lokomotivga o'tgani rostmi? Yana jamoada boshqa yangi futbolchilar ham bormi?
- To'g'ri, Suyunov jamoa mashg'ulotlarida qatnashyapti. SHuningdek, jamoa ko'rigida bir qator xorijlik va mahalliy futbolchilar ishtirok etishmoqda. Biroq, ular haqida hozircha gapirishga erta. CHunki, hali ular borasida bir qarorga kelganimiz yo'q. Mashg'ulotlar va nazorat-sinov o'yinlarida yangi futbolchilar taqdiriga oydinlik kiritiladi.
- 1-davrada Lokomotiv atigi bir nafar legioner xizmatidan foydalandi. Hozir esa ko'rikda bir qator xorijlik futbolchilar ishtirok etishmoqda. Sizningcha, jamoa legioner futbolchilarga ehtiyoj sezmoqdami?
- Yaxshi saviyadagi, jamoa o'yinini ko'chaytiradigan legionerlar ortiqchalik qilmasa kerak. Agar oldinga yurmoqchi bo'lsak jamoaga kuchli legionerlar zarur.
- Alan Kusovning taqdiri borasida ham to'xtalib o'tsangiz?
- U jarohatini davolash bilan band. Alan jarohat olgach, sog'ligini tiklab olguncha uyda davolanish uchun Rossiyaga jo'nab ketgandi. 2-davra o'yinlari boshlanguncha Kusov sog'ligini tiklasa, jamoada faoliyatini davom ettirishi mumkin. Aks holda ...
- Turli saytlarda Lokomotiv jamoasi Bunyodkor hamda milliy terma jamoamiz azolari Lutfullo To'raev va Jasur Hasanovlar bilan qiziqayotgani haqida malumotlar paydo bo'ldi...
- Bu futbolchilar har qanday jamoani ko'chaytirishadi. Ammo ular bilan muzokaralar olib borayotganimiz yo'q. Ular Bunyodkor klubi azosi va ehtimol jamoa bilan uzoq muddatli shartnomaga ega bo'lishi mumkin.
- O'z navbatida jamoani davralar oralig'ida qaysi futbolchilar tark etishi mumkin?
- Jamoamiz safida bir qator futbolchilar etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lishmayapti. Albatta ularning o'yin amaliyotiga ega bo'lishidan klub manfaatdor. Agar jamoamiz azolarini o'z safida ko'rishni istagan va ularga etarlicha o'yin amaliyoti takdim etadigan klublar bo'lsa, o'z navbatida futbolchilarimiz ham bu takliflarga qarshi bo'lmasa, bunday takliflarni ko'rib chiqishga tayyormiz.
- Lokomotiv ayni paytda ham chempionlik, ham kubok uchun kurashmoqda. Vaziyatdan kelib chiqqan holda bu ikki sovrindan bittasi uchun kurashgan maqul emasmi?
- Bu noto'g'ri taktika, deb hisoblayman. Jamoa o'z oldiga har bir turnirda g'alaba qozonish vazifasini qo'ygan. SHunday ekan, Lokomotiv chempionlik va kubok uchun kurashishda davom etadi. Yakunda qaysi sovrinlarni qo'lga kiritishimizni esa vaqt ko'rsatadi.

Fikrlar