Hakamlar xatoga yo'l qo'ydimi? “Man Siti” hisob tenglashtirishidan 20 soniya avval to'p maydoni tark etgandi
10 may 2023 08:16
Yangiliklar
Hakamlar xatoga yo'l qo'ydimi? “Man Siti” hisob tenglashtirishidan 20 soniya avval to'p maydoni tark etgandi
“Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin De Bryoynening CHempionlar ligasi yarim finalida “Real Madrid”ga qarshi o'yinda (1:1) urgan golidan biroz avval to'p maydonni tark etib bo'lgandi.
Bu haqda beIN Sports xabar bermoqda.
“Bernardu Silva to'pni maydondan saqlab qola olmagandi. Gol bekor qilinishi kerak edi”,-deb yozib qoldirilgan xabarda.
Uchrashuvning 67 daqiqasida Bernardu Silva qanotga yaqin tomonda to'pga egalik qiladi, biroq o'sha vaziyatda to'p to'liq maydondan chiqib bo'lgandi. Buni keyinchalik 3D orqali ko'rish imkoni bo'ldi. Ushbu vaziydan 20 soniya o'tib esa mehmonlar hisobni tenglashtirishdi.
Fikrlar