Hakamlar va nazoratchilarning kurslarini OAV vakillari kuzatib borishlari mumkin
20 jan 2014 11:06
Yangiliklar

Hakamlar va nazoratchilarning kurslarini OAV vakillari kuzatib borishlari mumkin
20 yanvardan O'FF hakamlari va nazoratchilari malakasini oshirish bo'yicha qishki kurslar start oladi.
Dastlab, 20-22 yanvar kunlari nazoratchilar malakasini oshirish bo'yicha kurslar o'tkaziladi.
Jumladan, birinchi kun o'yin qoidalari bo'yicha savol-javob va imtihonlar o'tkazilsa, ikkinchi kun nazoratchi raportini to'ldirish metodikasi bo'lib o'tadi, uchinchi kuni esa aynan shu metodika bo'yicha imtihon va FIFAning O'yin qoidalari bo'yicha videomateriali namoyish etiladi.
Hakamlarning birinchi kurslari 27 yanvar kuni boshlanadi. Hakamlar Yoshlik stadionida ro'yxatdan olinganidan so'ng, FIFA normativlari bo'yicha test olinadi, shuningdek, O'yin qoidalari bo'yicha imtihonlar o'tkaziladi.
SHuningdek, o'yin qoidalari bo'yicha savol-javob o'tkaziladi va shu yo'nalishdagi FIFA videomateriali namoyish etiladi. Ikkinchi kunda hakamlar amaliy mashg'ulotlar o'tkazishadi, shuningdek, o'yinlarni ilmiy-metodik tahlil qilishadi. Uchinchi-beshinchi kunlarda ham shunday mashg'ulotlar o'tkaziladi.
Hakamlar kurslarining keyingi bosqichlari tartibi ham shunday ko'rinishda bo'ladi. Hakamlarning mashg'ulotlarini OAV vakillari ham kuzatib borishlari mumkin.
1-bosqich: 20-22 yanvar (nazoratchilar malakasini oshirish bo'yicha kurslar)
2-bosqich: 27-31 yanvar (hakamlar uchun o'quv-mashg'ulot yig'ini)
3-bosqich: 3-7 fevral (hakamlar uchun o'quv-mashg'ulot yig'ini)
4-bosqich: 10-14 fevral (hakamlar uchun o'quv-mashg'ulot yig'ini)
5-bosqich: 17-21 fevral (hakamlar uchun o'quv-mashg'ulot yig'ini)

Fikrlar