So’nggi yangiliklar

17:37К-Лига 2. Алиқулов жамоаси сафарда Алибоев клубини мағлуб этди   1 17:35Люпче Дориев: "Сўғдиёна" мусобақа жадвалида янада баландроқда бўлиши керак. Ўзбекистон кубогида ғалаба қозона олишимизга кўзим етмоқда"  4 17:04Равшан Ҳайдаров бошчилигидаги Ўзбекистон U-21 терма жамоаси йиғинга киришди  4 16:57Футзал. 9 та гол урилган, Ўзбекистон финалга чиққан Гватемалага қарши учрашувдан галерея  0 16:51"Сурхон" 43 нафар собиқ футболчи, мураббий ва ходим билан ҳисоб-китоб қилди  0 16:33Гвардиола Де Брюйне "Манчестер Сити"да қолишини тасдиқлади  0 16:00"Нефтчи" - "Сўғдиёна" ўйини нега қолдирилган? "Динамо" - "Навбаҳор" учрашуви нега қолдирилмаяпти?  27 15:01ОАВ вакиллари диққатига! ФИФА Футзал ЖЧ-2024 учун аккредитация жараёни бошланди  2 14:09Петрович "Челси"нинг АҚШдаги йиғинига жамоа билан йўл олмади  1 13:42Месси МЛСнинг барча юлдузлари шоу учрашувида иштирок этмайди   1 12:46Константин Базелюк — "Локомотив" футболчиси!  5 12:27Расмий хабар: Ўзбекистонлик ҳимоячи легионерга айланди  2 12:17ОКМК легионер футболчи билан шартнома тузди  6 12:08"Металлург" таркибга легионер ҳужумчини қўшиб олди  2 11:48Евро-2024да порлаган Нико Уильямс ҳақида ҳикоя (Бекзод Толибов блоги)  2

Hakamlar va jurnalistlar o'rtasidagi ochiq muloqot bo'lib o'tdi Yangiliklar

Hakamlar va jurnalistlar o'rtasidagi ochiq muloqot bo'lib o'tdi

Superliganing 8-turidan o'rin olgan uchrashuvlarda hakamlar tomonidan qabul qilingan bazi qarorlar futbol muxlislari va mutaxassislar o'rtasida qizg'in muhokamalarni keltirib chiqardi.

O'yinlarda yuzaga kelgan vaziyatlarni tahlil qilish, hakamlar faoliyati mavzusida fikr almashish maqsadida 15 may kuni O'zbekiston futbol associaciyasida Superliga hakamlari ishtirokida ochiq muloqot bo'lib o'tdi. Tadbirni FIFA hakami, iftixorimiz Ravshan Ermatov ochib berdi.

“Yaxshiyam futbol bor ekan, sizlar bilan uchrashib turishimizga sababchi bo'ladi. Futbol haqida oylab, yillab gapirsak ham kam. Sizlarga “Hakamlar va nazoratchilar departamenti”ning yangi rahbari Bekzod Aripovni tanishtirmoqchiman. Mamur Saidqosimov boshqa lavozimga o'tishi munosabati bilan Aripov uning o'rnini egalladi. Futbol borki butun dunyoda bahsli, munozarali vaziyatlar bo'ladi. Biz mutaxassislarning vazifasi bu holatlarga sovuqqonlik bilan munosabatda bo'lib, uni to'g'ri tushuntirish hisoblanadi.

Dastlab O'zbekiston Superligasi va OCHL o'yinlaridagi bahsli vaziyatlar jamlangan videoroliklarni taqdim etamiz. Bu orqali muxlislarga to'g'ri va aniq malumot berishga harakat qilamiz”, - deydi Ravshan Ermatov.

“Halol va adolatli hakamlikni taminlash maqsadida turli yig'ilishlar o'tkazilmoqda. Mendek yosh kadrga shunday masuliyatli lavozimni ishonib topshirishgani uchun O'FA rahbariyati, xususan Umid Ahmadjonovga minnatdorchilik bildiraman. Men bu lavozimda o'zimni bor kuchim bilan ishlayman va ishonchlarni oqlashga urinaman.
Hayotim butunlay futbol bilan bog'liq. Jismoniy tarbiya institutini tamomlaganman. O'z vaqtida Oliy liga jamoalarida o'ynaganman, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasida o'ynaganman. Mamur aka Saidqosimovning lavozimni tark etishlariga qandaydir xato yoki xatolar sabab bo'lgani yo'q”, - deydi “Hakamlar va nazoratchilar departamenti” yangi rahbari Bekzod Aripov.


“Bundan buyog'iga xuddi futbol jamoalaridek ishlamoqchimiz. Oldin Oliy liga va Birinchi liga hakamlari alohida bo'lardi. Endi PRO-ligada ishlayotgan hakam sifatli va ishonchli ishlayotganini ko'rsak unga Superligada ishonch bildiramiz. Aksincha Superligada xatolarga yo'l qo'ysa quyi ligaga ravona bo'ladi. O'rtadagi chegara olib tashlandi. SHunda hakamlar o'rtasida raqobat va ishonch paydo bo'ladi. Nega futbol jamoalaridek dedim, sababi yoshlar jamoasida o'ynayotgan futbolchi o'zini ko'rsatishni boshlasa bosh murabbiy uni asosiy jamoaga qo'shadi. Bizda ham shunday bo'ladi. Yani hech bir hakam qaysidir ligada o'zining muqim o'rniga ega bo'lmaydi.

Muxlislarga yoqadigan futbolni hakamlardan talab qilayapmiz. O'yinlarda kamroq xushtak chalishga kelishib oldik, ammo shunday bo'lsa futbolchilar o'zaro urishib ketishmoqda. Barchamiz birga ishlashimiz kerak. Biz doim OAV uchun ochiqmiz. Menimcha bungacha hakamlar bilan bunday ochiq muloqot bo'lmagan. Futbolni rivojlantirishda barchamiz birlashishimiz kerak”, - deydi Ravshan Ermatov.

“Paxtakor” – “Navbahor” to'qnashuvi hakamlar uchun so'nggi yillardagi eng og'ir o'yin bo'lmoqda. Hech qaysi hakam bu o'yinda ishlashni istamaydi. Nimaga bir necha yillardan buyon o'zim bu o'yinda ishlamayman? Sababi o'yin Toshkentda bo'lmoqda, mezbon ham Toshkent jamoasi. SHu bois bu bahsga neytral viloyatlik hakam qo'yilmoqda. Agar faqat men mana shunday principial va qiyin o'yinlarda ishlayversam bu to'g'ri bo'lmaydi. SHaxsan o'zim har bir o'yinda 3-4ta xatoga yo'l qo'yaman. SHukurki bu xatolar o'yin natijasiga tasir qilmaydi. Har bir bahsga tushishdan oldin xato qilmaylik deb Xudodan so'rab tushaman”, - deydi Ermatov.


“Hech kim atayin xato qilishni istamaydi. Ammo barchamiz insonmiz. Biroq ishonch bilan ayta olamanki hech bir hakam atayin xato qilaman deb maydonga tushmaydi. Endi neytrallik haqida gapirsak, o'tgan yil Bahrayn va Erondan hakamlar ishlab ketishdi. Ulardan birida o'zim nazoratchi edim. Ishoning o'shanda xorijlik hakam bizning hakamlardan hech bir jabhada ustun emasdi. Unga men anchagina past baho qo'ygandim. Men o'zimizning hakamlarni maqtab xorijlik hakamlarni erga urmayapman”, - deydi nazoratchi hakam Sardor Najafaliev.

“Metallurg” - “Lokomotiv” uchrashuvida mehmonlar vakili Husniddin G'ofurovga qizil kartochka berilgan vaziyat videosi namoyish etildi. Takidlash lozimki G'ofurov o'yinning dastlabki 30 daqiqasi ichida uch marta G'ofurov raqibga qo'pollik ishlatgani ko'rindi.

“G'ofurov bu o'yinning dastlabki yarim soatida uch marta gaplashdim va ehtiyot bo'lib o'ynashini aytdim. Biroq 33-daqiqada aynan shu futbolchi raqib bilan kurashda juda ham keskin o'ynadi, kamiga yiqilgan futbolchini oyog'ini bosib o'girilib ketdi. Aslida G'ofurovga ikkita qizil kartochka ko'rsatsa ham bo'lardi. Ammo men o'yin boshi bo'lgani uchun og'izaki tarzda tushuntirishga harakat qildim. Tanaffusda o'zgarish? Bu sog'ligim tufayli o'yinni bosh hakam sifatida davom ettira olmadim. Hozir barchasi joyida keyingi o'yinga tayyorman”, - deydi o'sha bosh hakami Aziz Asimov.


“Har bir futbolchi maydonga tushayotganda futbol o'ynash uchun tushadi. Raqibga jarohat etkazish uchun emas yoki boks tushish uchun emas. Bu vaziyatda bizningcha Aziz Asimov xato qilmagan”, - deydi Bekzod Aripov.

“Paxtakor” – “Navbahor” uchrashuvida Dostonbek Hamdamov yiqilgan va penalti belgilangan vaziyatning videosi namoyish etildi.

“Bu vaziyatga juda yaqin edim. “Paxtakor” futbolchisi to'pni tepishga hozirlandi va “Navbahor” himoyachisi esa oyog'i bilan uning tepayotgan oyog'iga zarba berdi hamda qo'li bilan uni ushladi. Bu vaziyatda men qaror chiqarishga hecham ikkilanganim ham yo'q”, - deydi Zokir Qodirov.

SHu o'yinning 83-daqiqasida “Paxtakor”ning ikki futbolchisi Dragan CHeran va Dostonbek Hamdamov jarima maydoni ichida yiqitilgan vaziyat videosi ko'rsatildi.
“Bu holatda penaltiga tortadigan qoida buzishni ko'rganim yo'q. Hisob 2:2, o'yinning oxirgi daqiqalari shu bois bunday vaziyat uchun penalti belgilash noto'g'ri bo'lardi”, - deydi Zokir Qodirov.

Baxtiyor SHirinov: - Bu mavsum Valentin Kovalenko uchta o'yinda ishlagan ekan. Qizig'i uchalasi ham AGMK ishtirokida. Demak, keyingi o'yinda ham Kovalenko AGMK o'yinida ishlaydimi?
Bekzod Aripov: - Yo'q. Jamoa mag'lub bo'lsa hakamdan ayb qidirish to'g'ri emas. Futbolchi o'ziga ishonsa qaysi hakam bo'lsa ham yuta oladi. Endi bunday holatlarga qarshi ishlaymiz.

SHahboz Beg'amov: - Superligadagi qaysi o'yinda kim ishlashi 2 soat qolganida elon qilinmoqda va hakamlarning o'ziga bir kun qolganida aytilmoqda. Bu sizlarga qulaymi?
Ravshan Ermatov: - Albatta noqulay. Qaysi tomondan? Futbolchi qaysi kuni o'ynashini biladi hakamlar esa bu tur ishlaydimi yoki yo'qmi bilmaydi. Bu esa barcha hakamlarni bir xil formada ushlab turadi.

SHahboz Beg'amov: - Nima uchun hakamlar o'yinga oz qolganida elon qilinmoqda? Bu hakamlarga nisbatan ishonchsizlikmi?
Bekzod Aripov: - Buning sababi bor. Hakamni elon qilsak qaysidir klublar yoki tashqi omillar tasirida qolib ketishi mumkin. Hozirda esa hakamlar faqat o'yinga etiborini qaratadi. Sababi shu.

Bobur Akmalov: - “Paxtakor” – “Navbahor” uchrashuvida Zokir Qodirov mehmon jamoa muxlislari tomonidan otilgan buyumni zaxira hakamiga olib kelib berdi. Bu borada qandaydir chora ko'rildimi?
Bekzod Aripov: - O'yin komissari bu holat bo'yicha PFLga rasmiy murojaat qiladi va PFL uni ko'rib chiqadi.

Eldor Mustafoev: - “Metallurg” – “Qo'qon-1912” uchrashuvida Ahrol Risqullaev yaxshi ishlagandek tuyuldi, biroq adashmasam ertasiga u chetlatilgani elon qilindi. Bunga nima sabab bo'ldi? Tashqi tasirlarmi? Bunga qarshi kurash olib boriladimi?
Bekzod Aripov: - Albatta bunday holatlarga qarshi kurashamiz va kelajakda shunday bo'lishini istamaymiz.

SHahboz Beg'amov: - Xalqaro o'yinlarda agar muxlislar o'zini tuta olmasa yoki maydonga buyumlar otilsa bosh hakam jamoalarni tribuna ostiga olib kirib ketishi va malum vaqt o'yinni to'xtatib turadi. Nega bizda shunday tajribadan foydalanilmaydi? Hakamni esa to'g'ri yoki noto'g'ri qaroridan qati nazar jo'r bo'lib haqoratlash ham avj olgan. SHu paytda aynan mazkur tajribadan foydalangan holda muxlislik madaniyatini ko'tarish mumkin, nazarimda.
Ravshan Ermatov: - Juda dolzarb mavzuni ko'tardingiz. Albatta bunday holatlarga qarshi kurashish kerak. CHunki stadionda hamma baland ovozda so'kinib o'tirsa kim o'z oilasi bilan stadionga keladi? Hech kim. Muxlislik madaniyatini o'stirish kerak.

Reyting: -83   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика