So’nggi yangiliklar

21:58U21 биринчилиги. Дербида "Пахтакор" ғолиб, "Навбаҳор" Қаршида ғалабага эришди ва бошқа натижалар (+ЖАДВАЛ)  0 21:54Бўш стадионлар борасидаги эътирозлар фонида ФИФА Клублар ўртасидаги ЖЧ чипталари сотуви жуда яхши кетаётгани ҳақида хабар берди  0 21:35Ўзбекистон Кубоги. "Шўртан" "Арал"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди. "Қўқон-1912" ва "Бунёдкор" қўшимча бўлимларга мурожаат қилишди  3 21:14Решфорд "Барса"да ўйнаш учун маошини қисқартиришга ҳам тайёр  0 21:00Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" - "Видад Касабланка" (онлайн ҳисоб)  18 20:21Фабио Каннаваро ЦСКА бош мураббийига айланиши мумкин  1 19:28Ичкарида ким ўтирибди? Ўқитувчилар? Чиқар ҳаммасини ташқарига!   5 19:22"Арсенал" Родриго билан боғланди. "Реал" вингер учун 90 миллион евро сўраяпти  1 18:4059 ёшли дунёнинг энг кекса профессионал футболчиси билан интервью: "Ўзимга чеклов қўймайман"  0 18:03Капелло: "Бу Италия терма жамоасида "дух" йўқ"  2 17:33Расман: Жоан Гарсия - "Барселона" футболчиси  11 17:04Афғонистон Россияга ўртоқлик учрашуви ўтказишни таклиф қилди  10 16:32Қасим-Жомарт Тоқаев Шавкат Мирзиёевни миллий жамоа жаҳон чемпионатига чиққани билан табриклади  5 16:15Эрон билан можаро туфайли легионерлар Исроил клубларини ортиқча шартларсиз тарк этиши мумкин  6 15:55Жоан Гарсия "Барселона"га ўтиш учун ўз шартномасини сотиб олди  2

Hakamlar Superliganing 21-turida xato qilishdimi? Rossiyalik ekspertimizdan tahlil Yangiliklar

Hakamlar Superliganing 21-turida xato qilishdimi? Rossiyalik ekspertimizdan tahlil

"Alyo, ref!" doimgidek bahsli qarorlarning tahlilini tayyorladi.

Championat.Asia'ning hakamlik bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!" telegram kanali) Superliganing 21-tur o'yinlaridagi bahsli hakamlik qarorlarini tahlil qildi.


✅ "Turon" - "Metallurg"

VIDEO

Hakamlar brigadasi vaziyatda to'g'ri ishlashdi. Assistent VAR sabab "Turon" hujumini davom ettirdi, u yakunlangandan so'ng esa bayroqchasini ko'tardi. Takroriy vaziyatga qaraydigan bo'lsak yordamchining qaroriga qo'shilish mumkin: o'yindan tashqari holat bor edi. Kartochkaga kelsak, agar ofsayd bo'lmaganda "Metallurg" himoyachisi chetlatilardi (yaqqol gol urish imkoniyatidan mahrum qilgani uchun) va jarima zarbasi belgilanardi. O'yin protokoli bo'yicha, "Metallurg" himoyachisi sariq kartochka oldi. Balki bu qo'pol o'yin uchun kechiktirilgan ogohlantirish bo'lgandir – ortdan oyoq bilan tashlanish doim sariq kartochka bilan jazolangan.


✅ "Turon" - "Metallurg"

VIDEO

To'p "Turon" himoyachisining soniga tegdi. VAR tekshiruvi qoida buzilgan joy bo'yicha o'tkazilishi kerak edi. Ammo, vaziyat "toza" ekan, hakam tekshiruvning yakunini kutdi va o'yinni yakunladi. Hakamlar brigadasi to'g'ri ishladi.


✅ "Bunyodkor" - "Qizilqum"

VIDEO

Bosh hakamning o'yinni davom ettirish qaroriga qo'shilaman. Birinchidan, "Qizilqum" darvozabonining harakatlarida to'pga o'ynash, so'ngra hujumchi bilan to'qnashuvdan qochish uchun qo'llarini olganini ko'ryapmiz. "Bunyodkor" hujumchisi to'pga tegmoqda va o'yinni davom ettirish imkoniyatiga ega, ammo u buning o'rniga o'ng oyog'ini qoldirgan holda darvozabonning qo'llari bilan kontakt izlashga urindi. Kontakt juda engil va o'yinchi shundan so'ng yiqilmoqda, bu esa uning futbol o'ynash emas, penalti ishlash xohishidan dalolat beradi.


? "Bunyodkor" - "Qizilqum"

VIDEO

Afsuski, o'yinning takroriy vaziyatlarida epizod katta planda tushmagan, umumiy kameradan esa to'p aniq qaerga tekkanini aytish imkonsiz. Agar "Qizilqum" himoyachisining qo'li tayanch sifatida bo'lgan bo'lsa yoki unga tayanishga harakat bo'lsa va shundan so'ng to'p qo'lga tekkan bo'lsa, unda o'yinni davom ettirish kerak. Ammo, umumiy kameradan hech narsani tasdiqlay olmaymiz.


✅ "Bunyodkor" - "Qizilqum"

VIDEO

Fikrimizcha, fol hujumning boshlang'ich qismida yo'q: elkani ishlatgan holda to'p uchun normal kurash. Hakam o'yinni davom ettirib to'g'ri qildi, "Qizilqum" shundan so'ng gol urdi.


? OKMK – "So'g'diyona"

VIDEO

Afsuski, yaxshi takroriy lavhalarsiz yana bir vaziyat. Ammo, umumiy kartina bilan shunday fikrlarni berish mumkin. Rossiyada joriy mavsumdan himoyachi zarbani to'sishga uringanda, hujumchi esa to'pga o'ynaganda va shundan so'ng muqarrar kontakt bo'lgan vaziyatda hakamlarga penalti belgilamaslik bo'yicha aniq tavsiya berildi. Menimcha RPLda joriy mavsum bunday penalti bo'lmagan bo'lardi. Ammo, OKMK himoyachisi qo'pol o'ynagan holda raqibga urilgan bo'lsa, bu folni qayd etish kerak. Yaxshi takroriy lavha kerak. SHuningdek: VAR bunday takroriy lavha bilan hakamning maydondagi qaroriga aralasha olmaydi.


✅ "Nasaf" - "Neftchi"

VIDEO

Qayd etish muhimki, agar to'p "Neftchi"ning bitta oldingi o'yinchisidan ko'ra darvoza chizig'iga yaqin bo'lsa, o'yindan tashqari holat chizig'i aynan u bo'yicha qayd etiladi. Assistent xatoga yo'l qo'ydi, ammo O'zbekiston chempionatida ofsayd chiziqlari borligi yaxshi va bu xatoni to'g'irlashga va "Neftchi"ning golini hisobga olishga yordam berdi.


✅ "Buxoro" - "Navbahor"

VIDEO

Ikki sabab bilan "Buxoro" uchun penaltiga umuman imkoniyat yo'q. Birinchisi: qoidabuzarlik yo'q. O'yinchining unchalik ham bahslashmayotganini ko'rish mumkin. Bu penalti belgilash mumkin bo'lgan fol emas. Ikkinchisi: agar hakam folni ko'rgan taqdirda ham penaltini yiqilgan futbolchidagi o'yindan tashqari holat sabab bekor qilish kerak bo'lardi.


✅ "Buxoro" - "Navbahor"

VIDEO

Nega VAR bosh hakamni monitorga chaqirdi? Sababi to'p avvaliga "Buxoro" himoyachisining qo'liga, so'ngra boshqa himoyachisining boshiga tekkan deb topdi. Bunday holatda penalti belgilash kerak. Nega bosh hakam penalti belgilamadi? Sababi to'p avvaliga bosh bilan o'ynalgani, so'ngra qo'lga tekkan deb topdi. Bunday holatda penalti belgilash mumkin emas: agar to'p jamoadoshining to'pga atayin o'ynaganidan so'ng "jazolanadigan" qo'lga tekkan bo'lsa fol yo'q deganidir. Vaziyatlarni shunday talqin qilishadi. Monitorda qo'lga tegish va to'p faqatgina bosh bilan o'yindan so'ng ko'ringanini aytish kerak. Bosh hakamning xatosini ko'rsatuvchi 100% isbot yo'q, shu sabab hakamning qarorini qo'llab-quvvatlaymiz.


SHunday ekan, hakamlar to'qqizta bahsli vaziyatlarda ettita to'g'ri qarorni qabul qilishdi. Ikki holatda kameralarning etishmovchiligi sabab vaziyatni sifatli baholash imkoniyati bo'lmadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика