So’nggi yangiliklar

22:47"Атлетико" — "Реал". Таркиблар маълум  0 22:28ПСЖ — "Марсель". Франция Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  8 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  1 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  6 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  6 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  6 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  6 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  10

Hakamlar, sud xodimlari va jurnalistlar to'p tepganda Yangiliklar

Hakamlar, sud xodimlari va jurnalistlar to'p tepganda

Teglar :  hakamlaroliy sudca
14 noyabr kuni "O'zbekiston" sport majmuasida oliy liga hakamlari, O'zbekiston Oliy sudi xodimlari va sport jurnalistlari o'rtasida mini-turnir bo'lib o'tdi.

Sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish maqsadida o'tkazilgan bu tadbirda to'rt jamoa g'oliblik uchun kurash olib bordi. Sport jurnalistlari jamoasining asosini "Championat.asia" sayti xodimlari tashkil etishgani etiborga molik.

Avvaliga jurnalistlar jamoasi "Mudofaa vazirligi Kubogi-2015" sohibi bo'lgan Oliy sud jamoasining asosiy tarkibiga imkoniyatni boy berdi.


Ikkinchi juftlikda Ravshan Ermatov sardorligida oliy ligamizda faoliyat olib borayotgan hakamlar guruhi Oliy sudning ikkinchi tarkibiga qarshi bahs olib borib g'alaba qozondilar.

Uchinchi o'rin uchun kechgan o'yinda sport jurnalistlari raqiblarini engishni uddalashdi. 

Oliy sud raisi o'rinbosari Rahimjon Obidov sardorligida zalga tushgan Oliy sud xodimlari va oliy liga hakamlari o'rtasida kechgan finalning asosiy vaqti jangovar durang bilan yakunlandi. Xattoki, penaltilar seriyasida ham kuchlar teng keldi.

Bir necha soat mobaynida turli soha vakillari sport maydonchasidagi bahsdan ko'z uzishmadi. Barcha jamoalar vakillari juda yaxshi jismoniy tayyorgarlikka ega ekanliklarini takidlash darkor. Sog'lom turmush tarzi tarafdorlari safi mana shunday uchrashuvlar bois kengayib borishi shubhasiz.

Darvoqe, shu kuni majmuada bolalar o'rtasida tashkil etilgan bayram ishtirokchilari Ravshan Ermatov bilan birgalikda esdalik uchun suratga tushganliklari ham etiborni tortdi.

Do'stona turnir barchada katta taassurot qoldirdi. Bunday uchrashuvlarni ananaviy tarzda o'tkazishga kelishib olindi.

Uchrashuvlardan lavhalar aks etgan sara suratlarni tomosha qiling.




\


Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика