So’nggi yangiliklar

07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  0 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  0 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  7 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  28 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  30 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  4 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  0 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0 00:20Росеньор "Челси" устози сифатида илк уй учрашувида "Арсенал"га қарши тўқнаш келиши ҳақида гапирди  4 00:07Бруну ва Магуайр жароҳатдан қутулиб, МЮ қайдномасига қайтишди  0 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0 23:11Хаби Алонсо: "Эртанги ўйин 2:5 каби бўлмаслигига 100% аминман. Эртага бошқача тарих ёзилади"  2 22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  2

Hakamlar qahramonga aylangan o'yindan FOTOMAQOLA Yangiliklar

Hakamlar qahramonga aylangan o'yindan FOTOMAQOLA

Kecha Oliy liga 26-tur uchrashuvlari davom ettirildi.

Turning markaziy uchrashuvi Toshkentdagi "Paxtakor" markaziy stadionida bo'lib o'tdi. Unda "Paxtakor" klubi "Bunyodkor"ni qabul qildi. Quyida ana shu bellashuvdan fotomaqolani etiboringizga havola etamiz.

"Paxtakor" – "Bunyodkor" 1:0

Hakamlar: A.Asimov (Toshkent), A.Sidorov (Toshkent), D.Saylavov (Toshkent), A.SHukrullaev (Toshkent).

Nazoratchi: F.Abdullaev (Toshkent).

PFL vakili: N. Lutfulin

Gol: Kamoliddin Tojiev 85


Kechagi uchrashuvni tomosha qilish uchun 5 mingdan ziyod muxlis tashrif buyurdi.



Har ikki jamoa bosh murabbiylari SHota Arveladze va Mirjalol Qosimov o'yindan oldin ham, keyin ham bir-birlariga nisbatan hurmatda ekanliklarini ko'rsatishdi.



"Bunyodkor"ning boshlang'ich tarkibi. Afsuski, "Paxtakor" fotografining sharofati bilan kecha g'olib bo'lgan tomonning jamoaviy surati o'zidan boshqa hech bir suratkashda bo'lmadi. Vaholanki, undan tashqari yana 5 nafar hamkasbimiz o'sha erda edi. Bu holat birinchi marotaba ro'y berishi emas va keyingi safar bunday holatning oldi olinadi deb umid qilamiz.



Uchrashuv keskin kurashlar bilan boshlandi.



Har ikki klub futbolchilari maydonda borini berib o'ynashga harakat qilishdi.



SHiddatli boshlangan birinchi bo'limning ikkinchi yarmi ancha sokin tarzda o'tdi.



Bosh hakam Aziz Asimovga futbolchi juda ko'p bor etiroz bildirishdi.



Hakamlarning qarorlari "qaldirg'ochlar"ni g'azablantirdi.



SHota Arveladze shogirdlariga etiroz bildirmoqda.



Otabek SHukurov jarohat olib maydonni erta tark etishga majbur bo'ldi.



Avvaliga gol hisoblanib, keyin bekor qilingan holat.



Hakamlarning qarorlari kecha Mirjalol Qosimovni ko'p marotaba ajablanishga majbur qildi.



Afsuski, kecha hammasi "ok" bo'lmadi...



"Paxtakor" futbolchilari golni nishonlashmoqda. O'sha vaziyatda yon chiziq hakami ko'zini yumib olgan bo'lsa kerak, aks holda bunday offsaydni ko'rmasligi mumkin emasdi.



Ming afsuski, kecha 2-bo'limda Aziz Asimov "Bunyodkor"ni futbol tili bilan aytganda - "Xushtakka o'tqizib qo'ydi".



Kechagi kun qahramonlari.



Kechagi o'yinga mana shu surat birgina izoh bo'la oladi.


"Paxtakor" - "Bunyodkor" (1:0) uchrashuvidan to'liq fotogalereyani saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>> FOTOGALEREYA

O'zbekiston chempionati turnir jadvali >>> Oliy liga


Tolibjon Qosimov

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: -33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика