Hakamlar do'pposlangan bahsdan so'ng, klub diskvalifikaciya qilindi (+VIDEO)

Aslanov Jasurbek
16 dek 2017, 15:04
Argentinaning "Xuventud de Pergamino" klubi hakam qarori bilan bir pog'ona pastdagi ligaga tushirildi.

Shu bilan birga, klub bir yil hech qanday turnirda ishtirok etmaydi va 22 ming evro miqdorida jarima to'laydi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Xuventud de Pergamino"ning ikki murabbiyi 3 yilga, ikki futbolchisi esa 2 yilga diskvalifikaciya qilindi.

Argentinaning quyi divizionida "Xuventud de Pergamino" hamda "Independente Chivilkoy" klublari o'rtasidagi bahsdan so'ng, maxalliy muxlislar maydonga tushib, hakamlar do'pposlashdi. Kaltaklangan referilarning biri kasalxonaga olib ketildi.

Voqea aks etgan videoni Telegramdagi kanalimiz orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Ko'chirib olish (skachat)


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Ole