So’nggi yangiliklar

13:08Аёллар ОЧЛ саралаш босқичига қуръа ташланди. Бу баҳсларда қайси жамоамиз иштирок этади?  0 12:5836 ёшли Ракитич Гаттузо, Перишич ва Калинич бор Хорватия клубига ўтади  1 12:34Клопп Англияга рад жавобини берди  2 12:01ПСЖ Осимхен учун икки ҳужумчидан бирини танлаши керак  2 11:47"Бунёдкор" Тошкентда учта ўртоқлик учрашуви ўтказади. Рақиблардан бири терма жамоа  2 10:45ПСЖ икки нафар супер трансфер бўйича келишувга эришди — Фабрицио Романо  6 10:13«Арсенал» Европа чемпионини сотиб олмоқчи  1 09:45«Барселона» собиқ футболчиси ярим йиллик Саудия Арабистонидаги фаолиятидан сўнг Европага қайтмоқчи  6 09:18Англия терма жамоасини бошқариш учун асосий номзод номи маълум  4 08:50ОКМК сафида албаниялик легионер кўрикдан ўтмоқда  2 08:21Мессига гапирган гапи учун Аргентина вазир ўринбосари ишдан олинди  18 07:57Қорақалпоғистонда жойлашган «Турон» стадиони халқаро стандартларга мос реконструкция қилинади  10 07:28Бугун Ўзбекистон ОТЖ олимпиададан олдин сўнгги назорат учрашувида майдонга тушади  18 01:35Ташкилотни кескин танқид қилган Марсело Бьелсага КОНМЕБОЛ томонидан иш очилди  7 01:15Расман: Моуринью бошқарувидаги "Фенербахче" Сен-Максименни ижарага олди  2

Hakam prokuror bo'lishi mumkin, lekin jallod emas Yangiliklar

Hakam prokuror bo'lishi mumkin, lekin jallod emas

Jamoalar aybni faqatgina hushtagi bor kimsadan qidirmasligi darkor.

Hakam deganda, nafaqat sport, balki hayotda, sud jarayonida ham adolat qaror topishida yo'lida xizmat qiladigan shaxsni tushunamiz. 

So'nggi vaqtlarda o'zbek futbolida och yashil rangdagi libosda maydonda ko'rinish beradigan rasmiylar ko'pchilikning diqqat markazida turibdi. Ularning nufuzi shu qadarki, hatto muxlislar tomonidan ularga bag'ishlangan qo'shiq deyarli har uchrashuvda jo'r ovozda kuylanadi. 

Birgina signali bilan butun stadionni o'ziga qarata oladigan soha vakillariga ham oson emasligini yaxshi bilamiz. Ulardan har bir o'yinda masuliyat talab etiladi. Bazan kichik xatolari ham katta oqibatlarni keltirib chiqaradi.

Kuni kecha "Buxoro" — "Olimpik" uchrashuvi bosh hakami Komiljon Rasulov mezbonlarga Superliga bilan ertaroq xayrlashishiga zamin yaratadigan qaror qabul qildi. Bunday hodisa vohaliklar bilan "Paxtakor"ga qarshi bahsda ham sodir bo'lgandi. O'sha kecha hakamlarning quloqlari dazmol bosilgan holatga kelganiga shubha yo'q. Yakunda qoidabuzarlik uchun futbolchilarni jazolaydigan hakamning o'zi futbol qoidalariga nomutanosib qaror chiqargani uchun munosib jazoga loyiq ko'rildi.

Biroq "Buxoro"ning Pro ligaga ravona bo'lishiga faqatgina hakamlar sabab bo'ldi, degan fikrdan yiroqman. Keling, buni tushuntirishga harakat qilib ko'raman. Voha jamoasini hurmat qilgan holda shuni aytishim mumkinki, Ulug'bek Baqoev shogirdlari shov-shuvlarga boy bo'lgan ikki o'yinida g'alabaga loyiq o'yin namoyish etgani yo'q. SHunday ekan, o'sha ikki bahsda ikki ochko qo'lga kiritilganda ham, nari borsa, "Turon" ortda qoldirilardi. Oxirgi ikki turda esa ularni nisbatan yuqoriroqda turgan "Andijon" va OKMK kutib turibdi. Naq 6 uchrashuvdan beri raqib darvozasiga yo'l topa olmayotgan klubdan oldindagi ikki raqibni yanchib ketishini kutish amri mahol. Yani "Buxoro"ning o'tkazgan 24 uchrashuvida ham hakamlar raqib foydasiga olib bergani yo'q. O'rtacha har ikki o'yinda amal-taqal bitta gol urayotgan, kezi kelganda bo'sh darvozani ishg'ol qila olmayotgan jamoaning Superliga bilan xayrlashishiga, ilk navbatda, o'zi sababchi. Agarda klub kerakli o'yinlarda kerakli ochkolarni qo'lga kirita olganda, bugun qo'liga dastro'mol ushlab o'tirmagan bo'lardi. 

Ha, "Buxoro" mavsum davomida havas qilgulik o'yin namoyish etmadi, natijaga murabbiy ham javobagar bo'lishi kerak. SHuningdek, muvaffaqiyatsizlik sabablaridan birini yuzlab odamlar to'rt oydan beri maoshsiz ishlashayotganini aytgan futbolchining gaplaridan ham anglab olish mumkin. Qolaversa, navqiron shahar jamoasi yana o'z stadionidan ayrilishi mumkinligi to'g'risida gap-so'zlar uchramoqda...

"Turon"da ham shunday. Yosh o'yinchilar arzimas haq evaziga maydonda ter to'kishmoqda va shunga yarasha natija qayd etmoqda. 

SHuni takidlash joizki, hakamlik muammosi 10 yildan keyin ham barham topmaydi, baribir, shu mavzuga duchor bo'laveramiz. Hatto dunyoda etakchi liga hisoblangan Angliya Premer-ligasida ham qanday holatlar uchrayotgani to'g'risida boxabar bo'lsangiz kerak. VARdagi topgan topaloq kabi o'yinlarni kamaytirish uchun ham sifatli va ko'p sonli kameralarga muhtojmiz.

Gapirishga oson bo'lishi mumkin, biroq o'z oldiga yuqori maqsad qo'ygan, raqibni puxta o'rgangan hamda mustahkam reja tuzgan jamoa Nishimura hakamlik qilgan taqdirda ham, kerak bo'lsa, hakamiga qo'shib raqibni mag'lub etishga harakat qilishi lozim.

Sevimli jamoasidan yuqori marralarni kutadigan muxlislar muvaffiyatsizlikning sababini faqat hakamlardan emas, katta ehtimol bilan to'layotgan soliqlari evaziga ham shakllantiriladigan klubning rahbariyati va murabbiylaridan talab qilgani maqsadga muvofiq. CHunki aynan shu insonlar xodimlar, murabbiylarni ishga oladi, futbolchilarni jalb etadi, mo'may mablag' evaziga legionerlarni taklif etadi. Hakamlar esa eng ko'pi bilan mavsum davomida beshta o'yinda poliz mahsulotini qo'ynidan tushirib yuborishi mumkin. Butun mavsum davomida oyoqdan chalishga hech kimning qurbi etmaydi. Garajingizdagi "Spark"ni "Ferrari"dan o'zib ketishi uchun Mixael SHumaxerni olib kelsangiz, ham "Spark" "Spark"ligini qilishi turgan gap.

SHunday jamoalar borki, ular yillar mobaynida yuqori marralarni ko'zlamaydi, aksincha, Superligada jon saqlab qolishni o'ziga sharaf deb biladi. Muxlislar uchun esa aybdorni osongina topib berishadi: maydon markazidagi shaxs.

To'g'ri, hakam qaysidir pallada chempionlik uchun kurashayotgan jamoaning yo'liga to'g'anoq bo'lib qolishi mumkin. Bu fojiali hodisaning o'zginasi. Biroq yil davomida qoniqarsiz natija qayd etayotgan biror jamoaning bunga sabab qilib hakamni qalqon qilishi unchalik to'g'ri emas. Zero, hakamlar aralashuvisiz ham qaysidir klub uchta frontda ilg'orlar safida kurashmoqda, qaysidiri Neymari bor yulduzlar bilan tengma-teng kurashmoqda, yana qaysidiri esa ikki xonali songa yaqin gollardan bahramand bo'lmoqda. 

Natijaga qasddan katta tasir o'tkazgan hakamni ayblash, uni jazolash mutlaqo to'g'ri, biroq yomg'ir-u qor demasdan, sevimli jamoasini qo'llab-quvvatlash uchun stadionga oshiqayotgan tomoshabinlar sifatli o'yin va natijani jamoadagilardan ham talab qilishni bilishi kerak. SHundagina murabbiy-u, undan yuqoridagilar yumshoq kresloni kadastr qiladigan emas, maydonda borini beradigan hamda fanatlar olqishi uchun jon kuydiradigan futbolchilarni olib kelishga hamda kerakli natijaga erishishga biroz bo'lsa-da, harakat qiladi, deb o'ylayman.

"Buxoro" hakamlar qurboni bo'ldimi? Komiljon Rasulovga berilgan jazo adolatdanmi?

Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика