So’nggi yangiliklar

21:52Саудия Арабистони. "Ал Аҳли" - "Ал Насср" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  1 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  0 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  4 20:15БАА. "Бани Яс" - "Ал Наср" баҳси асосий таркиблари маълум қилинди  1 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0 19:33Украина чемпионатининг 2017 йилдаги энг яхши мураббийи "Нефтчи" U-21 жамоасида иш бошлади  4 19:05"Барселона" йилнинг илк трансферини келишиб олди  0 18:38Озарбайжон клуби Умарали Раҳмоналиевни сотиб олмоқда  2 18:17"Милан" таркибни немис ҳужумчиси билан кучайтирди  0 17:59Андалусияга қайтиш: Рамос "Севилья" акциядори бўлиши мумкин  0 17:35Даврон Ҳошимов: "Каттақўрғон" бир мавсумлик жамоа эмас. Про лига ўтган йилгидан қизиқарлироқ бўлади"  9 17:08Туанзебе, Балеба, Амад, Маҳрез... Африка Миллатлари Кубоги гуруҳ босқичи рамзий жамоаси  0 16:42"Леганес" аъзоси Лазизбек Мирзаев Ўзбекистонга қайтмоқда  12

Haitham Abbas: "Eron chempion bo'ladi" Yangiliklar

Haitham Abbas: "Eron chempion bo'ladi"

Teglar :  Haitham AbbasFutzal
O'zbekiston hamda Iroq o'rtasidagi bahsdan so'ng, iroqliklar bosh murabbiyi Haitham Abbas o'yin haqida fikr bildirdi.
“Futzalda sen urmasang senga urishadi. Bu o'yinga berilgan eng oddiy va qisqa sharh”, - deydi murabbiy.

- Bugungi o'yin natijasiga ishqibozlar ham tasir ko'rsatdimi?
- Yo'q. Birinchi bo'limdagi o'yinimizni ko'rdingiz. Tezkor va shiddatkor harakat qildik. Ishqibozlar asosiy sabab emas. O'zimiz xato qildik.

- Bugun Rustam Umarov yaxshi o'ynadimi yoki sizning shogirdlaringiz yomon o'ynashdimi?
- Albatta hujumchilarimga ko'proq sovuqqonlik etishmadi. Vaziyatlarni gol bilan tugatish borasida oqsadik.

- Iroq terma jamoasiga beshinchi yo'llanmaga ega bo'lishini tilayman. Bugun negadir shogirdlaringizda jismoniy tayyorgarlik borasida muammolar kuzatildi?
- Yo'q bugun bu borada muammo bo'lmadi. SHunchaki to'qnashuvlar ko'p bo'ldi.

- 5, 11 va 14-raqamdagi futzalchilar almashtirib bo'lmas o'yinchilarmi yoki zaxira kuchsizmi?
- Taktikamiz 3-1. Siz aytayotgan uch nafar futzalchi bu taktikaga juda mos tushadi.

- Eronga ham O'zbekistonga ham qarshi o'ynadingiz. Sizningcha kim chempion bo'ladi?
- Eron! Ular chempion bo'lishadi.

- Birinchi bo'limda shiddatli o'ynadik dedingiz. Ikkinchi bo'limda nima uchun shunday o'ynamadingiz?
- Sababi O'zbekiston o'zi yaratgan vaziyatlardan unumli foydalanib gollar urishga erishdi.

- Ertaga Avstraliyaga qarshi o'ynaysizlar. Raqib haqida nima deya olasiz?
- SHogirdlarimga O'zbekistonga qarshi o'yin tarixga kirganini aytdim. Bizda yana imkoniyat bor va bu imkoniyatdan foydalanishga urinamiz.
 

Narzulla Saydullaev
Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика