Hafta o'rtasida: A Seriya 4-tur prevyusi
30 avg 2022 13:50
Yangiliklar
Hafta o'rtasida: A Seriya 4-tur prevyusi
"Sassuolo" - "Milan"
Kiryakopulosning safga qaytishi "Sassuolo" uchun quvonarli xabar bo'ldi. Biroq Traore va Romanya hamon jamoasiga yordam berolmaydi. Hujum oldida o'tgan uchrashuvda gol urishga ulgurgan Pinamonti harakatlanadi. "Milan" tez orada "Inter"ga qarshi o'ynashini hisobga olib, rotaciya qilishi mumkin. Asosiy tarkibda Salemarkis va Rebich, shuningdek, Braim Dias tushadi. Jiruga esa dam berilish ehtimoli bor, agar maydonga tushsa ham, zaxiradan o'ynaydi. Maydon markazida ko'p bor shikastlangani sabab Krunichdan syurprizlar kutishning hojati yo'q.
Jamoalar oxirgi marta uchrashishganida, "Milan" 3:0 hisobida g'alaba qozongan edi. Hozir ham "rossoneri" favorit. Bukmekerlar "neroverdi"ning g'alabasiga unchalik ishonishmayapti, ammo "Sassuolo" munosib qarshilik ko'rsata olishini unutmaslik lozim.
Sassuolo |
Serie A . 4-tur 30/08/2022, 22:30 0
:
0
Tugadi
|
AC Milan |
Stadion: Stadio Mapei - Citta del Tricolore, 18053 tomoshabin
Bosh hakam: Giovanni Ayroldi
"Inter" - "Kremoneze"
"Inter" rotaciya qilishi mumkin. Romelu Lukaku bahsni o'tkazib yuboradi, biroq CHalxanoglu safga qaytishi kerak. Gosens yon chiziqda, markazda esa Aslani harakatlanishi mumkin. "Kremoneze" katta ehtimol bilan tajribali himoyachi Kirikeshga ishonch bildirolmaydi, lekin o'ylashimcha, Alvini raqib darajasidan kelib chiqib, tarkibga juda katta o'zgartirish kiritmasa kerak. Dessers-Okereke hujumchilar juftligi maydonga tushirilishi mumkin.
So'nggi marta ushbu raqiblar 10 yil avval o'zaro bellashishgan, o'shanda "Inter"ning qo'li baland kelgan (4:1). Ayni damda milanliklar favorit ekaniga umuman shubha yo'q. Qolaversa, "qora-ko'klar" o'tgan tur "Lacio"dan qabul qilib olingan mag'lubiyat alamini olishi kerak. Ha, mehmonlarga oson bo'lmasligi turgan gap.
Inter Joaquin Correa - 12', Nicolo Barella - 38', Lautaro Martinez - 76' |
Serie A . 4-tur 31/08/2022, 00:45 1
:
3
Tugadi
|
Cremonese David Okereke - 90' |
Stadion: Giuseppe Meazza, 44999 tomoshabin
Bosh hakam: Francesco Fourneau
"Napoli" - "Lechche"
Spalletti imkon borligidan foydalanib, rotaciya qiladimi yoki yangi futbolchilarga ko'nikish uchun yana ham ko'proq vaqt berishga qaror qiladimi? Qiziq savol aslida. Maydonga tushishi mumkin bo'lganlar ichida Ndombele va Raspadorining imkoniyatlari eng yuqori hisoblanadi. Demme va Una esa hozircha jamoaga yordam bera olishmaydi. "Lechche" ustozi Marko Baroni avvalgi bahsdagidan farqli o'laroq, nimalarnidir o'zgartirishga urinib ko'radi. Ammo murabbiy himoyachilar Dermaku va CHetin xizmatlaridan foydalana olmaydi.
Jamoalarning oxirgi to'qnashuvida "Lechche" safarda 3:2 hisobida g'olib bo'lgan. SHunga qaramay, "Napoli" yaqqol favorit hisoblanadi. Spalletti jamoasi "Fiorentina" bilan o'yinda ochko yo'qotdi. SHunday ekan "Lechche" neapolliklar uchun g'alaba yo'liga qaytib olishda qulay raqib bo'lishi mumkin.
SSC Napoli Eljif Elmas - 27' |
Serie A . 4-tur 01/09/2022, 00:45 1
:
1
Tugadi
|
Lecce Lorenzo Colombo - 31' |
Stadion: Diego Armando Maradona, 40000 tomoshabin
Bosh hakam: Matteo Marcenaro
"Yuventus" - "Speciya"
Anxel Di Mariya yaqin orada safga qaytishi kutilmoqda, ammo bu uchrashuvni argentinalik o'tkazib yuborishga majbur. Leonardo Bonuchchida ham xuddi shunaqa vaziyatda. O'tgan o'yinda ancha faol bo'lgan Xuan Kuadrado bu safar ham hujumga yaqindan yordam berishi kutilmoqda. Balki hujumda jamoaning yangi azosi Arkadiush Milikni ko'rarmiz?! "Speciya" haqida gapiradigan bo'lsak, yo'qotishlar kam emas. Edkalning diskvalifikaciyasi bularga qo'shimcha bo'ldi. SHunday ekan, markazda Mexdi Burabiyaning o'zi jonbozlik ko'rsatishiga to'g'ri keladi. Nzolaga hujumda Daniele Verde yordam beradi.
O'tgan safar "Yuventus" 1:0 hisobida g'alabani tantana qilgan, lekin o'yin turinliklar uchun oson o'tgan deb bo'lmaydi. Hozir esa "keksa sinora"ga negadir osonroq bo'ladigandek bir his bor. "Speciya" hech kimga ochko sovg'a qilmasligini isbotlab bo'lgan, biroq bu mavsum jamoaning safar o'yinlaridagi ishlari yurishmayapti. "Inter" maydoniga tashrifda ham Luka Gotti shogirdlari aytarli qarshilik ko'rsata olishmadi.
Juventus Dusan Vlahovic - 9', Arkadiusz Milik - 90' |
Serie A . 4-tur 01/09/2022, 00:45 0
:
2
Tugadi
|
Spezia |
Stadion: Allianz Stadium, 35709 tomoshabin
Bosh hakam: Andrea Colombo
"Roma" - "Monca"
Joze Mourino qanotlarni CHelik va Zalevskiga ishonadi, "Roma" bu nuqtalarda raqibga bosim o'tkazishga o'rgangan. Hujumda esa syurprizlarni kutmasak ham bo'ladi, Abraxam va Dibala juftligiga El-SHaaravi yordam bersa kerak. "Monca" esa Mota va Mari xizmatlaridan hali ham foydalana olmaydi. Yana boshqa jarohatlanganlar ham yo'q emas. Hujumda bor umid Petanya va Kapraridan bo'ladi. Bu ikki futbolchi bu mavsum hozircha gol urishni uddalay olishmadi.
"Roma" favoritligiga hech kimning shubhasi bo'lmasa kerak. Mavjud muammolarga qaramay, "bo'rilar" va "Monca" futbolchilari boshqa-boshqa daraja vakillari hisoblanadi. "Jalorosi" o'yinning ilk daqiqalaridan hujumga tashlanib, masalani tezroq ham qilishga intilsa kerak.
Roma Paulo Dybala - 18', Paulo Dybala - 32', Roger Ibanez - 61' |
Serie A . 4-tur 31/08/2022, 00:45 0
:
3
Tugadi
|
Monza |
Stadion: Stadio Olimpico, Rome, 41908 tomoshabin
Bosh hakam: Marco Piccinini
Sergey Rumyancev
Fikrlar