So’nggi yangiliklar

00:34Биринчи лига. Охтаевдан пента-трик, пешқадамлардан ғалабалар ва бошқа натижалар  0 00:19U-21 биринчилиги. "Пахтакор"дан 8:0, "Машъал"дан камбэк, пешқадам "Навбаҳор"дан ғалаба ва бошқа натижалар  0 23:55Вадим Абрамов: "Мен ВАРни тушунмаяпман"  8 23:45Иван Бошкович: "Биз охиригача курашадиган жамоамиз"  4 23:40Суперлига. "Шўртан" – "Навбаҳор" 3:3  0 23:21"Динамо" Танташевнинг Жиззахдаги қарорлари бўйича расмий эътироз киритди  19 23:11Дониёр Нарзуллаев: "Бироз омадимиз келмади. Голларимни фарзандларимга бағишлайман"  0 22:36Элдор Мойлиев: "Қийналиб тўп киритамиз, кейин эса оддий гол ўтказамиз"  3 22:11Сергей Лушчан: "Қўлни туширмасдан ишлашда давом этамиз, олдинда Кубок ўйини кутяпти"  9 22:06Суперлига. "Сўғдиёна" "Динамо"га қарши ўйинда 102-дақиқада урилган гол эвазига мағлубиятдан қутулиб қолди   104 21:38Суарес фаолиятини Месси билан бирга якунламоқчи  2 20:55Суперлига. Ғузорда дарвозаларга 6 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  71 20:47"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттиради  5 20:21"Нюкасл" 40 млн фунтга ҳужумчи сотиб олмоқчи  1 19:52Ёшлигидан пулга қизиққан Мемфис, 44 ёшни қаршилаган Сиссе ва бошқалар. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  2

Hafta iqtiboslari. Ronaldu, Runi, Dik Advokat va boshqalardan eng sara fikrlar Yangiliklar

Hafta iqtiboslari. Ronaldu, Runi, Dik Advokat va boshqalardan eng sara fikrlar

Odatga ko'ra o'tgan hafta jahon matbuotida chop etilgan mashhur murabbiy va futbolchilarning eng sara fikrlarini keltirib o'tamiz.

- "Hammasi hurmatga bog'liq. Gap butun dunyodagi tenglik haqida boryapti. Biz futbol o'ynaganda hammamiz teng bo'lamiz. Biz xitoylik, amerikalik, afrikalik, franciyalik, umuman hamma bilan futbol o'ynash mumkin. Maydonda hamma teng, biz faqat shuni odamlarga etkazishni xohlaymiz". ("MYU" yarim himoyachisi Pol Pogbaning UEFA uchun bergan intervyusidan)

- "Bu juda yaxshi savol. Men ko'pchilikda katta salohiyatni ko'ryapman. Masalan, Marko Asensio, Kilian Mbappe, Neymar, Dembele, Azar, Reshford va boshqalar. Keyingi avlod orasidan kamida o'nta yaxshi futbolchi chiqadi deb o'ylayman". (Krishtianu Ronalduning jurnalistlar tomonidan berilgan kelajakda eng yaxshi futbolchi kim bo'lishiga doir savolga javobi)

- "Bizda dunyodagi eng kuchli hujum chizig'i bor. Men uchun terma jamoaga chaqirilish sharaf. Messi, Dibala, Di Maria, Banega kabi yulduzlar bilan o'ynar ekanman, o'zimni qulay his qilaman. Yulduzlarimizda hamma narsa etarli, men ulardan ko'p narsa o'rganishni xohlayman. Men terma jamoada ham o'zimni ko'rsatmoqchiman". (Argentina terma jamoasiga taklif etilgan Mauro Ikardining aytganlari)

- "Garet Sautgeyt meni terma jamoaga chaqirganidan xursandman. U navbatdagi uchrashuvlarda meni ham maydonga tushirmoqchi. Bu menga juda yoqdi. Lekin hamma narsaning yakuni bor. Men murabbiyga terma jamoadan ketish niyatim borligini yotig'i bilan tushuntirdim. Bu qarorni qabul qilish men uchun juda og'ir bo'ldi, oilam, yaqinlarim va "Everton" murabbiylari bilan bu haqda gaplashdim. Angliya uchun o'ynash men uchun har doim sharaf bo'lgan. Lekin endi ketadigan vaqt keldi, ammo bir umr terma jamoaning katta muxlisi bo'lib qolaman". (Angliya termasi to'purari Ueyn Runi terma jamoadan ketishga qaror qilgani xususida)

- "Afsona bo'lish yana nima qilish kerak? Men buni bilmayman. Men uni fantastik darajadagi xalqaro faoliyat bilan tabriklayman. Runi Angliya uchun ko'p ishlarni bajardi. Uni qattiq hurmat qilaman. Agar u qaytaman desa, eshik doim ochiq". (Angliya termasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt terma jamoadan ketgan Runining qarori haqida)

- "Biz har doim bir gapni takrorlab kelganmiz, yani eshik hech kimga qattiq yopilmaydi. U hozir bizga yordam bera oladi. U klubi bilan yaxshi natijalarga erishmoqda va o'zi ham zo'r o'ynayapti. U doim harakatchan. To'g'ri, u to'p surayotgan chempionatga Evropada etibor berishmas, lekin men futbolchini eshitib ko'rdim va unga terma jamoa eshiklari ochiqligini aytdim". (Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi AQSHda faoliyatini davom ettirayotgan David Vilya haqida)

- "Men u bilan o'tgan mavsum "Fenerbahche"da birga ishladim va uning nimalarga qodirligini bilaman. Agar Robin kuchli va bizga kerakli bo'lsa, nima uchun uni terma jamoaga taklif etmasligimiz kerak?" (Gollandiya termasi bosh murabbiyi Dik Advokat bosh jamoaga chaqirilgan hujumchi Robin van Persi haqida)

- "Men darhol pivoning noxush tamidan qutulishim kerak. Germaniyadan to Liverpulgacha mashinada 25 soat yo'l bosishimga to'g'ri keldi va u erga borgach maza qilib pivo ichay dedim. Keyin stadionga yo'l oldim. Ammo u erdan og'zimda noxush tam bilan chiqdim. Bu tam haliyam ketgani yo'q". ("Xoffenxaym" muxlisining "Regenbogen" radiosiga aytgan gaplari)

- "Men boshlagan ishimni tugatib qo'yish uchun qaytdim. Ibra-kadabrani o'z tarkibida ko'rishni xohlovchi klublar ko'p edi, ammo men "MYU"ni tanladim va bu klub tarkibida ajoyib bir yilni o'tkazdim. Mavsum chiroyli o'tdi, uchta sovrin yutdik, hamma xursand bo'ldi". ("MYU" hujumchisi Zlatan Ibragimovich klub bilan yangi shartnoma tuzganidan so'ng)

- "Kamida bitta ingliz klubini yarim finalda ko'rishni hoxlayman. Anchadan beri ingliz jamoalari finalga chiqmay qo'ydi. O'yinlar ko'p? Mavsum og'ir? Boksing dey? Bu gaplar umuman bahona bo'lishi kerak emas. Biz futbolga yaxshi pul tikyapmiz, dunyoning turli burchaklaridan eng kuchli futbolchilar kelyapti. Lekin musobaqada yutqazar ekansan, o'zingdan kuchli klub seni yutganini tan olish kerak. Futbolning qonuni shu, boshqa bahona yo'q. Afsuski, hozirgi paytda "Real", "Barselona" va "Bavariya" Angliya klublaridan ancha o'zib ketdi". ("CHelsi" sobiq futbolchisi Frenk Lempard ingliz klublarining ham ECHLda g'olib chiqish payti kelgani haqida)

X.Xoliqov tayyorladi. 


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика