So’nggi yangiliklar

02:04"Челси" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати финалида!  17 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  5 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  11 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  13 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  8 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  12 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  5 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  4 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3

Hafta iqtiboslari. Mbappe, Ronaldino, Totti va boshqalardan ajoyib fikrlar Yangiliklar

Hafta iqtiboslari. Mbappe, Ronaldino, Totti va boshqalardan ajoyib fikrlar

Odatga ko'ra, yakuniga etgan haftaning taniqli murabbiy va futbolchilar tomonidan bildirilgan eng sara fikrlarini keltirib o'tamiz.

- "Men har doim "BBC Sport" uchun sharhlagan paytimdan xursand bo'lganman. Faoliyatim davomida ko'plab katta o'yinlarni sharhladim, o'nta jahon chempionati... lekin endi hammasini tugatadigan payt keldi". ("BBC Sport" sharhlovchisi Jon Motson 50 yillik faoliyatdan so'ng nafaqaga chiqayotgani haqida)

- "Meni Qirol Pelega o'xshatishlarini hech qachon kutmagandim. Lekin men bu haqda o'ylash kerak emas, men ko'proq ishlashim va o'z yo'limni o'zim belgilab olishim kerak". ("Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger tarifidan so'ng Kilian Mbappening matbuotga aytgan gapi)

- "Jamoa sifatida biz yomon emasdik. Evro-2004 yoki JCH-2006 bizniki bo'lishi mumkin edi, chunki men boshqa jamoalarga qarab bizdan kuchli tomonlarini ko'rmagandim. Ayniqsa, JCH-2006da biz chempion bo'shlishimiz shart edi. Ammo Runining chetlatilgani pand bergan. Bir soat davomida 10 kishi qolib 11 kishiga qarshi o'ynaganmiz. Yo'q, bu bilan o'z aybimni yuvmoqchi emasman. Katta musobaqalarda biz ikki bor penaltilar seriyasi tufayli va bir marta Braziliyaga yutqazganmiz". (Angliya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Sven-Goran Erikssonning xotiralaridan)

- "Men Xabi Alonsoni muntazam kuzatib kelaman. Doim unga o'xshashga harakat qilganman. Agar u bilan birga o'ynaganimda undan aniq ko'p narsa o'rganardim. Uning maydonni ko'rishi, aqli va zakovati juda yaxshi. SHuningdek, u to'pga kuchli va aniq zaraba bera oladi". ("Bavariya" futbolchisi Sebastyan Rudi futbol bilan xayrlashgan Xabi Alonso haqida)

- "Biz qachondir jahon chempioni bo'lamiz va bu voqea men o'lgunimga qadar ro'y beradi. Agar jamoamiz jahon chempioni bo'lganini ko'rsam, Er yuzidagi eng baxtli odam bo'laman". (Meksika termasi sobiq futbolchisi Xerardo Torrado vatani jamoasining jahon chempioni bo'lish imkoniyatlari haqida) 

- "Biz stadion yonidagi maydonga chiqdik va u erdagi manzara meni hayron qoldirdi. O'yindan bir kun oldin maydonda qo'y so'yildi. Yon atrofda faqat futbolchilar va murabbiylar bor edi. Qo'y bo'g'ziga pichoq tortilayotganda menga mo'ltillab qaradi, unga rahmim kelib ketdi, axir hayvonlarni juda yaxshi ko'raman. Men hayotimda ko'p narsani ko'rganman, lekin bunisi butunlay boshqacha bo'ldi. O'shanda etim jimirlab ketdi". (Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Dariush Vassel Turkiyaning "Ankaraguju" klubidagi voqea haqida)

- "Men oxirgi vazifani bajarishim kerak. JCH-2018da Braziliya qaytadi. Buni yozib qo'yinglar. Ustiga muhr ham bosinglar. Biz Tite boshchiligida jahon chempioni bo'lamiz va futboldagi eng katta sovrinni Braziliyaga olib kelamiz". (Braziliya termasi himoyachisi Marselo jahon chempioni bo'lishga umid bog'layotgani haqida)

- "Men Krishtianu Ronalduning o'ng oyog'ini, Maradonaning chap oyog'ini, Messining maydonni ko'rish qobiliyati, Zidanning texnikasi va Tottining kuchli zarbasini tanlayman". (Franchesko Totti UEFA uchun 10-raqamli futbolchi qanday bo'lishi haqida)

- "Uni klub uchun o'ynamayotganlikda ayblamang. Koutino - professional futbolchi va uning hali "Liverpul"ga foydasi tegadi. Klub muxlislari undan xavotir olmasa ham bo'laveradi. To'g'ri, Koutino "Barsa"ga o'tishni juda-juda xohladi, lekin bu ish bugun bo'lmasa, ertaga ro'y beradi. Asosiysi tushkunlikka tushmaslik va o'z o'yinini kuchaytirishda davom etish. Axir kelasi yil Koutinoni jahon chempionati musobaqasi kutmoqda". (Ronaldino "Barsa"ga o'tishdan hamon voz kechmagan Filipp Koutino haqida)

X.Xoliqov tayyorladi. 


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика