So’nggi yangiliklar

23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  0 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  46 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  0 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  13 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  5 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  2 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  4

Hafta iqtiboslari. Dibala, Kaka, Gvardiola va boshqalardan ajoyib fikrlar Yangiliklar

Hafta iqtiboslari. Dibala, Kaka, Gvardiola va boshqalardan ajoyib fikrlar

Odatga ko'ra yakuniga etayotgan haftaning murabbiy va futbolchilar tomonidan bildirilgan eng sara fikrlarini keltirib o'tamiz.

- "Maydonga chiqib kelgan ilk kunimdayoq devorga qaragandim. Hozir ham shunday: birinchi navbatda devorga qarayman. Maydon ichidan bu devor qaerda tugashi ko'rinmaydi. U shunchaki sariq va uzoqqa cho'zilib ketgan. Bu sportdagi eng diqqatga sazovor joy". ("Borussiya" Dortmund yarim himoyachisi Nuri SHaxin "Vestfalenshtadion"dagi muxlislar tomonidan bezalgan sariq devor haqida)

- "Bu qo'rqinchli tush edi va doim uyg'onib ketishni xohlayman. Biz osonlik bilan mag'lub bo'lganmiz. Biz bungacha ikkitadan ko'p gol o'tkazib yubormayotgandik, lekin ular 45 daqiqa ichida uchta urgan. 45 daqiqa hamma narsani barbod qilgandi. Men toki sovringa erishmaguncha bu mag'lubiyatni eslayveraman" ("Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala "Real"ga qarshi kechgan ECHL finali haqida)

- "Odamlar "Barsa"dan ketdingmi, tamomsan deyishadi, lekin men bilan buning aksi bo'lyapti. Men har doimgidan ko'ra tetikman. Juda xursandman va futbol hamon yoqtirgan ishim bo'lib qolmoqda. Davlat, shahar, jamoa o'zgardi, lekin futbol o'sha-o'sha". (Neymar PSJ tarkibida dastlabki golini urganidan so'ng matbuotga bergan intervyusidan)

- "Barselona"da o'ynab keta olishimga ishonaman va buning uchun bor kuchimni ishga solaman. To'g'ri, "Barsa"ning o'z o'yin uslubi bor, lekin men bunga tezda ko'nikib ketaman. Murabbiy qaerga qo'ysa, o'sha joyda o'ynashga tayyorman. Men bu erga jamoa sovrinlar yutishi uchun yordam bergani kelganman. "Barsa" bu - "Barsa" va bunday jamoadan taklif tushganda yo'q deya olmaysan" (Braziliyalik Paulino "Barselona"ga o'tganidan so'ng aytgan gaplari)

- "Marsel"daligimda doim jamoadoshim Dide Drogbaning o'yinlaridan zavq olganman. Keyin unga o'xshab hujumchi bo'lmoqchi bo'ldim. Lekin keyinchalik menga Serxio Ramos yoqib qoldi va himoyada unga o'xshab o'ynay boshladim". ("Manchester Yunayted" himoyachisi Erik Baye mashhur futbolchilardan qanday tasirlangani haqida)

- "Unda g'oliblik ruhi bor, u juda iqtidorli va muhim qarorlarni qabul qiluvchi futbolchi. U bilan aytaylik, Neymar, Ronaldu, Messi o'rtasida qanday farq bor? Farq shuki, ular ko'proq gol urishadi. Lekin maydondagi ish hajmi deyarli bir xil. Lekin men fikr yuritayotgan futbolchi dunyoning eng kuchli beshta futbolchisidan biri". (Belgiyalik yarim himoyachi Raja Nainggolan termadagi jamoadoshi Eden Azar haqida)

- "Milan" transfer bozorida juda yaxshi ish olib boryapti. Ular kuchli futbolchilarni xarid qilishdi. O'ylamanki, bu tarkib bilan "Milan" Skudetto uchun kurashadi va yana CHempionlar ligasiga qaytadi. Men bu jamoani juda hurmat qilaman va sevaman. Ularning joyi eng tepada bo'lishi kerak". ("Milan" sobiq futbolchisi Kaka jamoa amalga oshirgan xaridlar haqida)

- "Bu erda vaqt zo'r o'tyapti. Ko'chada turli odamlarni uchratasan. Bazan oldimdan "Arsenal" muxlisi chiqib qoladi va qo'lida mavsumiy abonement borligini va hamma o'yinlarga kelishini aytadi. Kimlardir selfi tushaylik deydi. SHunda men qo'limizni ham silkitaylik, axir bu shunchaki rasm tushishdan yaxshi-ku deyman". ("Arsenal" sardori Per Mertesaker London ko'chalaridagi hayot haqida). 

- "Biz hammamiz yaqin orada ispan klublariga etib olish harakatidamiz. O'tgan 25 yil ichida APL o'zgardi, MYU, "CHelsi" kabi klublar Evropani o'zlariga qarata olishdi. Premer-liga yo'lga qo'yilganidan beri juda ko'plab yulduzlar etishib chiqdi va shulardan biri Serxio Aguero deb bemalol ayta olaman. SHubhasiz, Aguero APLdagi eng yaxshi futbolchilardan biri" ("Manchester Siti" ustozi Pep Gvardiola 25 yilligini nishonlayotgan APLdagi lahzalar haqida). 

- "Men ishonamanki, u Germaniya futboli uchun ko'p xizmat qiladi. U hali etakchi bo'ladi. U nafaqat himoyachi, shuningdek hujumga o'tishni biladigan futbolchi ham. U tabiatan etakchi. Unda xarakter kuchli" (Germaniyalik sobiq futbolchi Mattias Zammer "Bavariya" himoyachisi Joshua Kimmix haqida). 

X.Xoliqov tayyorladi. 


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика