Habib Nurmagomedov eng sevimli futbol uchrashuvi qaysiligini oshkor qildi
11 apr 2020 19:20
Yangiliklar
Habib Nurmagomedov eng sevimli futbol uchrashuvi qaysiligini oshkor qildi
UFC'ning engil vazn chempioni rossiyalik Habib Nurmagomedov instagram'dagi sahifasi orqali uning qaysi futbol bahsi qadrli ekanlgini aytdi.
31 yoshli sportchi 2003 yil CHempionlar Ligasi 1/4 finali doirasida 2003 yilning aprelida bo'lib o'tgan “Manchester Yunayted” hamda “Real” o'rtasidagi shiddatli to'qnashuvni etirof etdi. O'sha bahsda “qizil iblislar” 4:3 hisobi bilan zafar quchishgandi.
Ikki o'yin natijasiga (4:3, 1:3) ko'ra “qirollik klubi” keyingi bosqichga yo'l olgan. “Old Trafford”dagi bellashuvni italiyalik taniqli hakam Perluiji Kollina boshqarib borgan edi.
Fikrlar