"H" guruhidagi vaziyat: Polsha uchun eshiklar yopildi
25 iyu 2018 01:08
Yangiliklar
"H" guruhidagi vaziyat: Polsha uchun eshiklar yopildi
|
Japan Takashi Inui - 34', Keisuke Honda - 78' |
World Cup Grp. H . 2-tur 24/06/2018, 21:00 2
:
2
Tugadi
|
Senegal Sadio Mane - 11', Moussa Wague - 71' |
Stadion: Ekaterinburg Arena, 32572 tomoshabin
Bosh hakam: Gianluca Rocchi
|
Poland |
World Cup Grp. H . 2-tur 25/06/2018, 00:00 3
:
0
Tugadi
|
Colombia Yerry Mina - 40', Radamel Falcao - 70', Juan Cuadrado - 75' |
Stadion: Kazan Arena, 42873 tomoshabin
Bosh hakam: Cesar Ramos
"H" "kvartet"ida faqatgina bir jamoa uchun JCH muddatidan avval yakunlandi. Polsha Kolumbiyadan qabul qilib olgan yirik mag'lubiyatidan so'ng guruhdan chiqish imkoniyatlarini yo'qotdi. Yaponiya, Senegal va Kolumbiyada esa nimchorak final yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun imkoniyat mavjud. Ushbu guruhdan kimlar chiqishi esa 3-turdan keyin hal etiladi.

Oxirgi turda Yaponiya nimchorak final eshiklarini erta yopib qo'ygan Polsha bilan uchrashsa, Kolumbiya Senegal bilan kuch sinishadi.
Ayni paytda Yaponiya va Senegalda 4 ochkodan, Kolumbiyada hisobida esa 3 ochko mavjud. Oxirgi turda Kolumbiyani faqatgina g'alaba qanoatlantiradi. Durang qayd etsa, unda narigi bahsda Polsha Yaponiyani mag'lub etishiga umidvor bo'lib qoladi. Senegalni esa durang natijasi ham keyingi bosqichga olib chiqadi. Yaponiyani esa durang natijasi ham qoniqtiradi. Agarda samuraylar Polshadan mag'lubiyatga uchraydigan bo'lishsa, unda parallel o'yinda Senegalning g'alabasidan umidvor bo'lishadi.
P.S. Agarda jamoalar ochkolari bir xil bo'lib qolsa, unda reglament bo'yicha avvalo to'plar nisbati, shunda ham tenglik bo'lsa, unda qaysi jamoa ko'proq gol urganiga etibor beriladi. Bu borada ham tenglik qayd etilsa, unda o'zaro o'yinlar inobatga olinadi. Agarda shunda ham ko'rsatkichlar teng bo'ladigan bo'lsa, unda eng kam ogohlantirish olgan jamoa jadvalda yuqoriga ko'tariladi. Barcha ko'rsatkichlar teng keladigan bo'lsa, unda FIFA qo'r qura orqali g'olibni aniqlaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания Кубоги. "Атлетико" илк ўйинда "Барселона" дарвозасига жавобсиз 4 та гол урди
Эрик Гарсия: "Сўнгги пайтларда ҳакамларнинг бирорта қарори бизнинг фойдамизга бўлмаяпти"
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar