Gyusto nega "CHelsi"ga o'tganini tushuntirdi
29 jan 2023 16:01
Yangiliklar
Gyusto nega "CHelsi"ga o'tganini tushuntirdi
"CHelsi" o'yinchisiga aylangan "Lion" sobiq himoyachisi Malo Gyusto Angliya jamoasiga o'tish sababini tushuntirdi.
"CHelsi"ni tanladim, sababi bu juda katta klub va bu erda qurilayotgan katta loyiha juda ham yoqadi. Bu erda bo'lishdan juda xursandman va menga London yoqishini qayd etishim kerak", — deydi Gyusto.
19 yoshli francuz "CHelsi" bilan 2030 yilga qadar shartnoma imzoladi, ammo mavsumning qolgan qismini hozirgi klubida ijarada o'tkazadi.
Guston "Lion" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2022/23 yilgi mavsum Liga 1 doirasidagi 15ta o'yinda maydonga tushib, bitta assist qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali o'yinchini 15 million evroga baholamoqda.
Fikrlar