Gyundogan Premer-liga va Bundesliga o'rtasidagi farq nimada ekanligini aytdi
15 fev 2019 17:22
Yangiliklar
Gyundogan Premer-liga va Bundesliga o'rtasidagi farq nimada ekanligini aytdi
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan Premer-liga va Bundesligani solishtirdi.
"Men uchun Premer-liga ayni damda Bundesligadan sezilarli darajada oldinda. Hozir ham Germaniya chempionatini kuzataman. Germaniya va Angliya grandlarining darajasi teng deb o'ylayman. Ammo Bundesligada ikkita etakchi bor, Angliyada esa 6ta jamoa chempionlik uchun kurashadi. Farq shunda" - deydi Gyundogan.
Gyundogan 2016 yil "Manchester Siti"ga o'tgan edi. Joriy mavsum 28 yoshli xavbek APLning 21ta uchrashuvida maydonga tushib, 5ta gol urdi va 2ta golli pas berdi.
Fikrlar