Gyundogan: "Liverpul"ga qarshi mehmondagi o'yin "Manchester Siti" uchun haqiqiy imtihon bo'ladi"
24 sen 2018 15:56
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/454854_original.jpg)
![](/upload/storage/454854_220.jpg)
Gyundogan: "Liverpul"ga qarshi mehmondagi o'yin "Manchester Siti" uchun haqiqiy imtihon bo'ladi"
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Ilkay Gyundoganning fikricha, "Liverpul"ga qarshi bo'ladigan APLning 8-tur uchrashuvi "shaharliklar" uchun imtihon bo'lishi haqida aytdi.
"Top klublar bilan o'yini muhim ahamiyatga ega bo'ladi deb o'ylayman. Bir necha haftadan so'ng "Liverpul"ga qarshi o'ynashimiz kerak va bu biz uchun haqiqiy imtihon bo'ladi, chunki ular o'z o'yinlarida ishonch bilan ochko olishmoqda.
"Liverpul" "CHelsi" kabi kuchli. "Manchester Yunayted" "Vulverxempton"ga qarshi bahsda ochko yo'qotdi, "Vulvz" ko'plab raqiblar uchun noqulay raqibga aylanadi" - deydi Gyundogan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar