Gyundogan koronavirusga chalindi va 10 kunga izolyaciya qilindi

Alisher
21 sen 2020, 15:56
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan koronavirusga chalindi.

29 yoshli xavbekning testi musbat natijani ko'rsatgan. Endi u 10 kunga o'zini-o'zi izolyaciya qiladi.

Bugun "Siti" o'zining mavsumdagi ilk o'yinini Angliya Premer-ligasi doirasida "Vulverxempton"ga qarshi o'tkazadi.

Eslatib o'tamiz, germaniyalik futbolchi "Man Siti"ga 2016 yilda Dortmundning "Borussiya" klubidan o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: mancity.com