Gyundogan: "Biz uchun APLdagi chempionlik kurashi yakunlandi"
12 dek 2019 15:14
Yangiliklar


Gyundogan: "Biz uchun APLdagi chempionlik kurashi yakunlandi"
"Manchester Siti" xavbeki Ilkay Gyundogan jamoaning ichki chempionatdagi ishtirokini baholadi.
"To'g'risini aytsam, biz o'zimizning eng yaxshi holatimizdan yiroqmiz. SHubhasiz, bu biz uchun og'ir mavsum.
Premer-ligada "Liverpul" va bizning o'rtamizda katta farq yuzaga kelgan. Biz uchun APLda chempionlik kurashi yakunlaganini inkor eta olmaymiz, shu sabab kelasi mavsum ECHLga chiqish uchun kurashishimiz lozim", - deydi Gyundogan.
Eslatib o'tamiz, APLda "Manchester Siti" va "Liverpul" o'rtasidagi farq 14 ochkoni tashkil etmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar