So’nggi yangiliklar

21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  4 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:38"Ливерпуль" Исакни қўлга киритиш йўлидаги ҳаракатини тўхтатмаяпти  7 19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0 18:42"Милан" таркибни швейцариялик ҳужумни билан тўлдирмоқчи   0 18:15Каррерас: "Реал"ни бола сифатида тарк этиб, эркак бўлиб қайтдим"  3 17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  18 17:40Аббос Файзуллаев Туркияга йўл олишга яқин   14 17:23"Мальорка" "Барселона"дан ярим ҳимоячи сотиб олди  2 16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  9 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  4 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  3

Gvatemala U-20 murabbiyi: "Bizni qoniqtiradigan yagona natija - g'alaba, buni barcha his qilib turibdi" Yangiliklar

Gvatemala U-20 murabbiyi: "Bizni qoniqtiradigan yagona natija - g'alaba, buni barcha his qilib turibdi"

U-20 jahon chempionatining 3-turi doirasida O'zbekistonga qarshi o'yindan oldin Gvatemala terma jamoasi bosh murabbiyi Rafael Loredo o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Dastlabki ikki o'yinni o'tkazib bo'ldik. Hozir keyingi o'yin haqida o'ylashimiz kerak. Maydonga chiqishimiz va yaxshi o'yin namoyish etishimiz lozim. Biz jahon chempionatida ishtirok etyapmiz, shuning o'zi katta motivaciya. Biz odamlari juda yaxshi munosabatda bo'layotgan mamlakatdamiz va futbol o'ynash uchun barcha sharoit muhayyo qilingan. Bo'lajak o'yindagi g'alaba bizga uchinchi o'rinni egallashamiz va keyingi bosqichga chiqish uchun intilishimizda yordam beradi. O'zbekiston juda uyushqoq jamoa, ular yaxshi himoyalanadi va hujumkor o'yin namoyish etadi. Biz oldinga tashlanib, hujumlar tashkil etishimiz kerak. Oldingi ikki o'yinda gol urish uchun ko'plab imkoniyatimiz bo'lgandi, ammo ulardan foydalana olmagandik. Bizni qoniqtiradigan yagona natija — g'alaba, buni barcha his qilib turibdi. Futbolchilarimizga ishonishda davom etishimiz lozim. Biz ikki turda g'alaba qozona olmadik, lekin ular harakat qilishdi. Bu meni xursand qiladi", dedi meksikalik mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan 27 may kuni soat 02:00 da start oladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика