Gvardiola: "Barcha UEFA tomonidan jazolanishimizni kutmoqda. Biroq, biz … "
18 may 2019 00:20
Yangiliklar


Gvardiola: "Barcha UEFA tomonidan jazolanishimizni kutmoqda. Biroq, biz … "
Manchester Siti ustozi Pep Gvardiola jamoaning UEFA tomonidan jamoaning feyr-pley qoidalarini buzganlikda ayblanayotganiga o'z munosabatini bildirdi.
«Men ko'p bora jamoa va undagi insonlarga ishonishim haqida aytganman. Premer-ligada muvaffaqiyat qozonganimizdan so'ng, shu haqda gaplashgandik. Agar biz nimanidir noto'g'ri qilgan bo'lsak, bizni jazolashlari mumkin. Ayrimlar bizni aybdor deb topilishimizni xohlamoqda. Biroq, biz beayb bo'lib chiqamiz. Agar teskarisi bo'lmasa. Rahbariyat bilan suhbatlashib turaman va ular nima qilayotganidan xabardorman. Men ularga ishonaman, tamom. Boshqa bunday savollarga javob berishni istamayman. Mening fikrim barchaga tushunarli bo'lsa kerak. Kelajakda barcha narsa ro'y berishi mumkin. Lekin, hozir biz oppoqmiz», – deydi mutaxassis.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar