Gvardiolaning "Barselona"ga qaytish ehtimoli ortib boryapti
15 dek 2019 12:06
Yangiliklar


Gvardiolaning "Barselona"ga qaytish ehtimoli ortib boryapti
"Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola kelgusi rejalari haqida yakuniy qarorga kelmagan.
Express nashri xabariga ko'ra, Pep Gvardiola "Manchester Siti"ni tark etgach, "Barselona"ga qaytadi. "SHaharliklar" APL joriy mavsumida chempionlik poygasini deyarli boy bergani tufayli ispaniyalik mutaxassis kelasi yozda jamoani tark etishi taxmin qilinmoqda.
Eslatib o'tamiz, Gvardiola 2008-2012 yillarda Kataloniya jamoasini boshqargan. U "Barselona" bilan Ispaniya chempionati (3), Ispaniya kubogi (2), Ispaniya superkubogida (3) muvaffaqiyat qozongan. SHuningdek, ECHL, UEFA superkubogi va Klublar o'rtasidagi jahon chempionati musobaqalari 2 martadan zabt etilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar