Gvardiolaga "Milan" futbolchisi kerak
04 iyu 2020 00:10
Yangiliklar


Gvardiolaga "Milan" futbolchisi kerak
"Milan" yarim himoyachisi Ismael Bennaserning klubni tark etishi tobora oydinlashib bormoqda.
Jazoirlik futbolchi uchun kurashga Angliyaning "Manchester Siti" klubi ham qo'shildi, deb xabar qildi RMC. Takidlanishicha, Bennaserning xizmatlariga "shaharliklar" ustozi Xosep Gvardiola qiziqish bildirgan. Ispaniyalik mutaxassis allaqachon "Milan" futbolchisiga qo'ng'iroq qilib, uni o'z klubiga o'tishga undagan.
Eslatib o'tamiz, 22 yoshli futbolchiga "Pari Sen-Jermen" klubi asosiy davogar bo'lib turgandi. Uning tovon puli 50 mln evroni tashkil qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar