Gvardiola: "Xolandga ajratilgan o'yin vaqti aslo ko'paymaydi"
21 avg 2022 15:55
Yangiliklar
Gvardiola: "Xolandga ajratilgan o'yin vaqti aslo ko'paymaydi"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola JCH-2022 oldidan "shaharliklar" o'yini qanday o'zgarishi haqida gapirdi.
"Jahon chempionati oldidan Xolandning o'yin vaqti ko'payadimi? Aslo yo'q. Jahon chempionati oldidan qabul qiladigan qarorlarimiz mundialga mutlaqo bog'liq bo'lmaydi. Erling maydonga tushishga loyiqmi, o'ynaydi. Lekin u raqobat borligini his qilishi kerak. Bizning har bir qarorimiz g'alaba qozonishga qaratilgan", - dedi Gvardiola.
Eslatib o'tamiz, Norvegiya terma jamoasi saralashdan o'ta olmagani uchun Erling Xoland JCH-2022da qatnashmaydi.
Turnir Qatarda 21 noyabrdan 18 dekabrga qadar bo'lib o'tadi.
Fikrlar