Gvardiola Xoland haqida: “Uning holati yaxshi emas”
09 noy 2022 07:55
Yangiliklar
Gvardiola Xoland haqida: “Uning holati yaxshi emas”
22 yoshli hujumchi ECHL doirasida “Borussiya D” (0:0)ga qarshi bahsda jarohati olgani tufayli “Lester” (1:0) va “Sevilya” (3:1) bilan uchrashuvlarni o'tkazib yubordi.
APL 15-turidan o'rin olgan “Fulxem” bilan bahsda esa Xoland zaxiradan maydonga tushib, 90+5-daqiqada penaltidan to'p kiritgan holda “shaharliklar”ga g'alaba keltirdi.
“Xoland hali hamon ideal holatda emas. Ertaga ko'ramiz. Uning suyagi butunligi muhim. Bo'g'imlarda kichik muammolar bor.
Ayni dam u yaxshi holatda emas. 1 hafta yoki 10 kun ichida nima bo'lishini kuzatamiz. Agar u o'zini yaxshi his qilsa, Norvegiya TJda o'ynaydi. Bu kabi o'yinlar futbolchilar uchun muhim”, deydi Gvardiola.
Eslatib o'tamiz, Pep shogirdlari 9 noyabrda Angliya Liga Kubogi doirasida “CHelsi” bilan o'ynaydi. SHuningdek, jamoani 12 noyabrda APLdan o'rin olgan “Brentford”ga qarshi o'yin kutmoqda.
Norvegiya termasi esa noyabrda Irlandiya hamda Finlyandiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi.
Fikrlar