Gvardiola: "Xoland futboldagi oxirgi kunigacha gol uradi"
26 okt 2023 08:20
Yangiliklar
Gvardiola: "Xoland futboldagi oxirgi kunigacha gol uradi"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ECHL doirasida "Yang Boyz" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (3:1) o'z fikrlarini bildirdi.
"O'yin juda yaxshi bo'ldi, biz pozicion tomonlama yaxshi o'ynadik. Birinchi bo'limda biroz omadimiz kelmadi. Raqibning jismoniy tayyorgarligi yaxshi ekan, ular birga-bir holatlarda agressivroq harakat qilishdi. Yigitlarning harakatidan mamnunman.
Odamlar Xolanddan har bir o'yinda to'rttadan gol kutishadi. Ular Xolandning omadsizligini istashadi. Ammo bu yigit butun umri davomida gol uradi. U raqibga aqlbovar qilmas xavf tug'diradi. U futboldagi so'nggi kunigacha gol uradi", - dedi Gvardiola.
Fikrlar