Gvardiola Sterling bilan shartnomani uzaytirish tarafdori. U vingerni "Man Siti"da saqlab qolmoqchi
21 fev 2022 10:38
Yangiliklar
Gvardiola Sterling bilan shartnomani uzaytirish tarafdori. U vingerni "Man Siti"da saqlab qolmoqchi
Pep Gvardiola Raxim Sterlingni "Manchester Siti"da saqlab qolmoqchi.
"SHaharliklar" bosh murabbiyi Angliya terma jamoasi vingeri bilan shartnomani uzaytirishga ruxsat berdi.
Pep muzokaralarda ishtirok etmayapti - bu ish bilan klub va 27 yoshli futbolchining agentlari shug'ullanadi, - ammo u Raximni jamoada saqlab qolishni xohlardi.
Tomonlar muzokaralarni davom ettirishmoqda. "Man Siti" masalani tezroq hal qilmoqchi, sababi Sterlingning shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi.
Oldinroq xabar berilganidek, "Siti" Sterling bilan shartnomani uzaytirmasa, uni sotishi mumkinligi aytilgan edi. Klub 50 mln funtdan ko'proq olmoqchi.
Sterling joriy mavsum APL doirasidagi 22ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol urishga erishdi.
Fikrlar