Gvardiola - Sanega: "U baxtli bo'lmasa, ketishi mumkin"
17 iyu 2019 23:58
Yangiliklar


Gvardiola - Sanega: "U baxtli bo'lmasa, ketishi mumkin"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola klub rahbariyati yarim himoyachi Leroy Saneni ushlab o'tirmasligini aytdi.
"O'tgan yili unga shartnoma taklif qilishgandi. Biz klubimizda baxtli bo'ladiganlar qolishini istaymiz. Biz barchaga tajriba berib, ularni rivojlantirishga tayyormiz. Ammo men rahbariyatga biz bilan o'zini baxtli his qilmaydiganlarni (Sane haqida) ushlab turishdan foyda yo'q deb ming marta aytganman", - dedi Gvardiola.
Oldinroq Sane borasida klub "Bavariya" bilan muzokaralar o'tkazdi va tomonlar kelisha olishmadi.
23 yoshli Sane 2016 yildan buyon "Siti" tarkibida harakat qilib kelmoqda. SHu vaqtdan buyon u "shaharliklar" uchun 133 o'yinda qatnashib, 39 gol urdi va 45 golga assistentlik qildi. Uning jamoa bilan shartnomasi 2021 yilga qadar davom etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar