So’nggi yangiliklar

13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  1 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  8 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  5 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  8 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  13 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37

Gvardiola - qo'rqoq. SHu boisdan uning jamoasi mag'lub bo'ldi Yangiliklar

Gvardiola - qo'rqoq. SHu boisdan uning jamoasi mag'lub bo'ldi

Qanday g'alati murabbiy-aaa. Uning jamoalari har doim kuchli o'yin namoyish etadi. Biroq “emoqning ham qusmog'i bor”

Oksleyd-CHemberlenning dahshatli baqirishidan keyin "Siti" tamom bo'ldi. Aleksning xatti-harakatlarini oldindan aytib bo'lmasdi: to'pni qabul qilib oldi, bir necha qadam tashladi va burchakni aniq nishonga oldi - tamom.

Bu Gvardiolani shok holatiga tushirib qo'ygan bo'lsa ajab emas. U jimgina turardi, yuziga qarab hech nimani tushunib bo'lmasdi.

Qanaqa shayton? Nega shunday bo'ldi? Qanday qilib?

Gvardiola etti yarim oy mobaynida gegemon jamoa tuzganini isbotladi, biroq u o'zi qo'ygan qopqonga tushadigan kun etib keldi. Pep kombinacion futbolni mukammallashtirgan inson, kecha shuning qurboni bo'ldi. Uzoqdan berilgan zarba esa o'yinga chiroyli effekt berdi.

Gvardiola: "Liverpul"ni 6:0 hisobida mag'lub etishni istaymiz"

O'yindan oldin Pep "Siti" har doimgi futbolini namoyish etishiga so'z bergandi, biroq yakunda Klopp o'z raqib jamoasiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Endi Gvardiola Van Galga o'xshab: "Biz falsafamizni o'zgartirmaymiz", - deb bahona qilsa juda uyatli bo'ladi.

"Siti"ning bunday o'yinini ko'rib hayron qoldik - Gvardiola qo'rqdi, juda ham, barchaning oldida. Raqiblar ham o'z futbolchilari kabi oddiy futbolchi. Uning o'zi jamoasini qanday o'zgartirishni xohlagan bo'lsa, o'shandek qilishni istamadi. U o'zini futbol murabbiysi emas, psixolog kabi tutdi. Albatta, shunday chiroyli faoliyat bilan qaysidir kuni tovon to'lash ham kerak. Taktika APLda o'zini oqladi, biroq bu Prmeer-liga emas, Evropa chempionlar ligasi, "Liverpul" "Siti"ning uslubini yanchib tashlamoqda. Demak, Klopp - Gvardiola uchun eng qo'rqinchli murabbiy. Axir hali hech kim uni 6 marta mag'lub etmagan-da.

Klopp – Gvardiolani 6 marta mag'lub etgan yagona murabbiy

Gvardiolaning barcha hujumkor futbolchilari to'pni yo'qotaverishdi, to'p uchun kurashlarda ko'p bora mag'lub bo'lishdi, hujumga o'tishda muammolarga duch kelishdi. Hattoki darvoza tomon aniq zarba bera olishmadi. Mehmonlar o'yinning boshidanoq juda yomon uslubni tanlashganini o'yin yakuniga qadar isbotlab berishdi.

Bugun ECHLda Angliya derbisi, Klopp Gvardiolaga qarshi (Prevyu)

Bir necha kun yoki haftadan keyin Pep o'z faoliyatida APLdagi ilk sovrinini qo'lga kiritadi. Biroq uning uchun mavsum davom etadi. "Liverpul" bilan uchrashuvning javob bahsi bor. "Siti" o'tgan yil sentyabr oyidagi natijani takrorlashga intiladi. SHak-shubhasiz ular shuni istashadi. Biroq Pep jamoasi "Liverpul"ga qarshi bahsgacha "Manchester Yunayted" to'sig'idan o'tishi kerak.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика