So’nggi yangiliklar

01:21МЮ янги устози: "Манчестер Сити" - дунёнинг энг яхши жамоаси, Гвардиола эса энг яхши мураббий"  0 01:01ЭЛИТ ОЧЛ. Неймар яна жароҳат олди, "Ал Ҳилол" йирик ғалабага эришди  2 00:06Мората ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Родри қолганлардан хотиржамроқ"  0 23:09Фирмино ва Махрезнинг голлари туфайли "Ал Аҳли" йирик ғалабани тантана қилди  0 23:04Элит ОЧЛ. Остон Ўрунов жамоаси дурангга рози бўлди  4 22:42Эшитдик-да! "Пахтакор"нинг Эрон клубига қарши ўйини Тожикистонда ўтиши мумкин  6 22:13"Арсенал"ни тарк этаётган Эду Гаспар бирданига 3та клубни бошқаради ва маоши 3 баравар ошади  1 21:35"Ал-Райян" бош мураббийи: "Дастлабки турларда Саудия "гранд"ларига қарши ўйнадик. Икки жамоа учун ҳам очколар жуда-жуда зарур"  3 21:17Аморим "Манчестер Сити"га қарши баҳс ҳақида: "Агар "Спортинг" ютса кимлардир МЮга янги Фергюсон келяпти дейди"  3 19:52Бруну Фернандеш: "Тен Хагдан кечирим сўрадим"  5 19:211 ой олдин "Насаф"га мағлуб бўлган мураббий "Рома"да Шомуродовнинг янги устозига айланиши мумкин  6 18:52МЮ афсонаси: "Манчестер Юнайтед" - мутлақо ўртамиёна жамоа"  1 18:25Дербида кучлар тенг келди ГАЛЕРЕЯ  0 17:5619 ёшли тўпурар ва бошқалар — Суперлигада 23-турнинг энг яхшилари  3 17:30Эшитдик-да! "Металлург" ва "Қизилқум"га таъқиқ қўйилади, "Нефтчи" ва "Навбаҳор" ҳам жазоланиши мумкин  8

Gvardiola - "perebor" va kuchli bo'ronda qolgan "Barsa" Yangiliklar

Gvardiola - "perebor" va kuchli bo'ronda qolgan "Barsa"

Ko'pchilik ECHL chorak finalining dastlabki o'yinlaridan keyin hech qanday intriga qolmagani haqida gapirdi.

Futbol jamoatchiligi chorak finalning birinchi uchrashuvlaridan keyin "Bavariya", "Barselona" va "Real"ni yarim finalga chiqarib qo'yishga ulgurishgandi. Bu jamoalar ichidan Gvardiola ishqibozlarigina faqatgina "Siti" "kambek" uyushtirishga qodirligi haqida bong urib turishdi. Hattoki bunga yaqindan ishonganlar ham uchradi.

Kechagi o'yinlarda Manchesterda "kambek"ning aldamchi shamoli boshlangan bo'lsa, Rimda bu shamol haqiqiy bo'ronga aylandi. Natijada mensimaslik kayfiyatida tushgan "Barselona" "Roma"ga qarshi javob o'yinida hech narsa qila olmadi. Ernesto Valverdening o'yinga tanlagan noto'g'ri taktikasi qurboniga aylangan "Barsa", ketma-ket uchinchi yil o'z yurishini chorak finalda to'xtatdi. O'tgan yili "Yuventus" "Barsa"ni to'xtatgan bo'lsa, bu safar boshqa italyan klubi bu ishni juda chiroyli amalga oshirdi.

"Roma" bosh murabbiyi Eusebio Di Franchesko hamda "Barselona" ustozi Ernesto Valverde bundan ikki yil ilgari Evropa ligasida ham to'qnash kelishgandi. O'shanda ham Di Franchesko "Sassuolo" bosh murabbiyi sifatida o'z uyidagi bahsda Valverdening "Atletik" jamoasini yirik hisobda taslim etgandi. Kecha ushbu murabbiylarning o'zaro kichik tarixi yana takrorlandi.

Bu g'alaba so'zsiz Eusebio Di Francheskoning g'alabasi. Mag'lubiyat esa to'liqligicha Ernesto Valverdening aybi. Javob o'yini oldidan "Barselona" bilan 4:1 hisobidagi ustunlikni boy berish bu shunchaki dahshat. Uchrashuvga tanlangan taktika esa undanam dahshat. Valverde ECHLda murabbiy sifatida "yoshlik" qilib qo'ygani "Barselona"ga juda qimmatga tushdi. "Roma" ustozi Eusebio Di Franchesko esa haqiqiy imperatorlarga xos ravishda juda aqlli yurishni amalga oshirdi hamda murabbiy sifatida o'zining yuqori potencialga ega ekanligini ko'z-ko'z qilishga ham erishdi.

SHu tariqa Rimdagi kuchli bo'ron "Barselona"ni ECHLdan "uchirib" yubordi.

Manchesterda esa Klopp yana Gvardiolani mag'lub etdi. Aslida dastlabki o'yindayoq barcha masalani hal etib qo'ygan "Liverpul", javob uchrashuvining birinchi bo'limida himoyaviy o'yin qurboniga aylanishiga bir bahya qolgandi. Ammo ikkinchi bo'limda Klopp vaziyatni to'g'ri baholay oldi va birinchi taymdagi o'yindan kerakli xulosaga keldi. Yakunda esa "Etihad"da ham "Liverpul" g'olib. "Manchester Siti"ga kelganidan buyon transferlarga millionlab sarflayotgan Gvardiola yana jim, yana mag'lub.

Har bahor shu bo'lar takror. Ko'pchilik Gvardiolani murabbiy sifatida mukammal mutaxassis hisoblaydi. Uslub jihatidan yagona murabbiy deya etirof etiladi. Unga zamonaviy futboldagi muvaffaqiyat kaliti sifatida qarashadi. Gvardiola yaxshi mutaxassis. O'zgacha uslubga ega bilimdon. Kuchlilar qatorida tilga olinishga munosib. CHunki "Barselona" bilan erishgan yutuqlari unga shunday hurmat va ehtirom bilan munosabatda bo'lish uchun zamin yaratgan. Milliy chempionatlarda g'olib bo'lishni ham biladi. Angliyada birinchi yilni "proval" o'tkazganiga qaramay, mana joriy mavsum chempionlikka juda yaqin keldi. Murabbi sifatida qaerga borsa transferlarga faqat rekord darajadagi summalarni ishlatganidan keyin hech bo'lmasa chempionatda zafar quchishi ham kerakda aslida. Mayli, bu boshqa masala.

ECHLga qaytamiz.  Evropa chempionlar ligasi Gvardiola uchun juda katta muammolarni taqdim etayotgan turnir. Gvardiola ushbu turnirning pley-off o'yinlariga kelgancha yuvosh mushukka aylanib qolmoqda. ECHL pley-off doirasidagi safar uchrashuvlarida Gvardiola butkul boshqa qiyofadagi murabbiyga aylanadi. Uslub yoki o'yin borasida emas, natijaga kelganda g'alaba qozonish misoli orzuga aylanadi.

O'tgan yili "Manchester Siti" bilan chorak finalda kamtarin "Monako"dan 6ta gol o'tkazdi. Bu yili "Liverpul" Gvardiolaga ikkita uchrashuvda 5ta gol "sovg'a" qildi. Undan avvalgi mavsumlarda Pep "Bavariya" rulida myunxenliklar uchun sharmandali natijalar qayd etgandi. "Bavariya"da ishlagan yillarining barchasida ispan klublaridan "tarsaki" edi. "Siti"ga kelgach "Monako" va "Liverpul" o'tib bo'lmas to'siqqa aylanmoqda. Vaholanki, Gvardiola transfer bozorida ishlayotgan pullarni yarmini ishlatishni boshqa natija ko'rsatayotgan murabbiylar orzu qilishadi. Pep esa birgina "Siti"ning mudofaa chizig'i uchun deyarli yarim milliard dollar ishlatib qo'ydi. Natijada "Siti" ketma-ket ikkinchi yil ECHLning chorak finalida dastlab 6ta, bu yil esa 5ta gol o'tkazib musobaqani tark etmoqda. Birinchi yili darvozabon Xartni haydab, o'rniga katta pullar evaziga Bravoni olib keldi. Joriy mavsum esa Ederson Bravoni almashtirdi. Himoyachilar esa umuman alohida tarix. Natija qani? Qani o'sha bilimdon Pep?

Gvardiolaning eng katta kamchiliklaridan biri - himoyada o'yinni qurishni bilmasligi. Kamiga himoyachilarni tanlashda ham doim adashadi. Tayanadigan o'yini tiki-taka, yani qisqa paslar asosida o'ynash. To'psiz o'ynashni xushlamasligi aniq, ammo to'psiz o'ynashni o'rgana olmayotgani murabbiyning xatosi. Pep jamoalarining zararsizlantirishning eng oson yo'li - raqibdan to'pni olib qo'yish. Agarda raqib buni eplasa, unda bu o'sha jamoaning birinchi muvaffaqiyati. CHunki Gvardiola jamoasining to'psiz o'ynashini tasavvur ham qila olmaydi. Buni tasavvur qilishga to'g'ri kelganda, Pep esankirab qoladi. Ikkinchi ojiz nuqtasi - raqibning qarshi hujumlari. Gvardiolaning ko'pgina mag'lubiyatlari  aynan raqibning qarshi hujumlari bilan bog'liq. Gvardiola jamoalarining himoya chizig'i juda yuqori joylashishi sababli, raqib qarshi hujumga o'tganida qiynalib qoladi. Keyingi xatosi g'alati qarorlari. Bir qarasang tayanch yarim himoyachisini qanot himoyaga yoki markaziy himoyaga qo'ydi. Yoki aksincha. Gvardiola futbolchilarning nafaqat maydondagi funkciyalarini o'zgartirishni xush ko'radi, balki poziciyalari bo'yicha ham ko'plab o'zgarishlarni amalga oshirishni odat qilgan. Bu o'zgarishlar esa doim ham o'zini oqlamaydi. Yaqindagi qilingan o'zgarish - markaziy himoyachi Laportni "Liverpul"ga qarshi birinchi bahsda chap qanot himoyasiga qo'ygani bo'ldi. Aynan shu kuni "Siti" o'z darvozasidan uchta to'p o'tkazdi. Salah esa Laport qarshiligini ortiqcha qiyinchiliksiz engib o'tdi. Umuman Gvardiola o'ylagan bu safargi reja ham ish bermadi.

Pepning murabbiy sifatidagi eng katta kamchiligi - jamoa kuchini butun mavsumga teng taqsimlay olmasligida. Gvardiola jamoalari doim mavsumni startini zo'r boshlaydi. Kuz-qish faslida Pep jamoalari ochkolar to'plashni qalashtirib tashlaydi. Ammo bahorga kelganda Pep jamoalari "sher"dan "mushuk"ka aylanib qoladi. Pep bahorni yoqtirmaydi. Bu paytga kelib Gvardiola jamoasining butun mavsum uchun taqsimlanishi kerak bo'lgan quvvatdan foydalanib bo'ladi. Agarda o'sha jarayonda, yani bahorgacha bo'lgan davrda kerakli ochkolarni to'plagan bo'lsa, unda chempionlik cho'ntakda. Aks holda milliy chempionatdagi g'oliblik ("Siti") ham o'tgan yilgiga o'xshab qulog'ini ushlab ketadi.

Oddiy misol, "Bavariya" bilan qo'lga kiritilgan uchta chempionlik bahorgacha hal etildi. Bahorda esa ECHLning hal qiluvchi o'yinlari boshlanadi. Bahorda esa Gvardiola bilan nimalar ruy berayotganini barcha ko'rib turibdi. Bu birinchisi yoki ikkinchisi emas, davomiy sodir bo'layotgan inkor etilmaydigan fakt.

Qop-qop pullarni transfer bozorida sarflayotgan va yakunda ECHLdan sharmanda bo'lib chiqib ketayotgan Pepni dahoga chiqarish qanchalik to'g'ri? Rostanam Gvardiola fantastik murabbiymi? To'g'ri, Gvardiola kuchli va o'ziga xos uslubiga ega murabbiy. Ammo bu mutaxassis hali-hamon o'sha "Barselona"da ishlab yurgan darajasida. O'shanda to'plagan hurmat va qadri bilan yuribdi. Bir joyda qotib qolgan va transfer oynasidagi shovqinlari bilan etiborda bo'lib turibdi. Hozircha Gvardiolada chiqimga yarasha kirim yo'q. Qilinayotgan xarajatlar hozircha foyda keltirayotgani yo'q.

"Manchester Siti"da Gvardiola rekord darajadagi pulni sarflashga ulgurdi. Pep "Bavariya"da ham qisqa muddatda hech bir mutaxassis ishlatmagan rekord darajadagi pulni ishlatdi. Natijada esa "Bavariya" Gvardiolasiz ham erishadigan Germaniya chempionligini qo'lga kiritdi xolos.

Oddiy misol, "Bavariya" Pep kelguniga qadar ECHLda muntazam finalga (Yupp Xaynkes 2012 final, 2013 ECHL g'olibi) chiqib turgandi. Gvardiola bilan har safar yarim finaldan qaytdi.

"Manchester Siti" esa Pep kelishidan oldin ECHL tarixidagi eng yaxshi natijasini (yarim final) qayd etdi. Gvardiola kelganidan buyon esa "shaharliklar" chorak finaldan qaytishmoqda.

Ruscha aytganda, Gvardiolaga murabbiy sifatida baho berishda "perebor" (oshirib yuborishmoqda) qilib yuborilmoqda...

Muallif :
Reyting: +41   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика