Gvardiola: "O'sha 9 klubni unutmayman"
12 fev 2023 14:17
Yangiliklar


Gvardiola: "O'sha 9 klubni unutmayman"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola klubni evrokuboklardan chiqarib yuborishni istayotgan APLning 9 klubi haqida gapirdi.
2020 yilning yozida APLning 9 klubi CAS orqali "Manchester Siti"ni evrokuboklardan chiqarib yuborish bo'yicha xat jo'natgan. O'shanda UEFA klubni bir qancha moliyaviy feyr-pley hujjatlarini buzishda ayblagandi.
O'sha 9 klub qatorida "Manchester Yunayted", "CHelsi", "Arsenal", "Tottenxem", "Liverpul", "Lester", "Vulverxempton", "Bernli" va "Nyukasl" bor edi.
"O'sha 9 klub nima qildi? Ularni esdan chiqarmayman. Ularning nima qilgani yoddan chiqmaydi.
Ular stadionga ishlatilgan pullarni ECHL orqali qaytarib olishmoqchi bo'ldi shekilli. Hammasi joyida", - dedi Pep.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar