Gvardiola: "MYU shunchaki bizning xatolarimizni kutdi"
09 mar 2020 02:47
Yangiliklar


Gvardiola: "MYU shunchaki bizning xatolarimizni kutdi"
"Biz yaxshi o'ynadik, faqatgina yakunlovchi pallada biroz omad etishmadi. Biz munosib o'ynadik.
Biz aniq to'p tepdik, pressing qilishga va yaxshi himoyalanishga urindik va bularning bari bizda o'xshadi. Hujum nuqta-i nazaridan yaxshi harakat qildik. Raqib kutdi va qarshi hujumlarda Jeyms va Marsyalga uzun paslarni uzatdi.
Biz o'z futbolimizni o'ynadik va afsuski gol o'tkazib yubordik. Raqib shunchaki bizning xatolarimizni kutdi", - dedi Gvardiola "BBC" efirida.
"Gol qo'yib yubordik va bunday vaziyatdan chiqib ketishimiz kerak edi, ikkinchi bo'limda ham yomon o'ynamadik. "Manchester Yunayted"ni tabriklayman. Raqibning darajasini hamisha hisobga olish zarur.
Edersonning xatosi? U bir yoki ikki vaziyatda bizni qutqardi. U ajoyib darvozabon. SHogirdlarimni tanqid qilmoqchi emasman, xatolar - o'yinning bir qismi", - deya qo'shimcha qildi Pep "Sky Sports" efirida.
Manchester United Anthony Martial - 30', Scott McTominay - 90' |
Premier League . 29-tur 08/03/2020, 21:30 0
:
2
Tugadi
|
Manchester City |
Stadion: Old Trafford, 73288 tomoshabin
Bosh hakam: Mike Dean
Angliya Premer-ligasi turnir jadvali >>>>> APL
O’xshash yangiliklar

Fikrlar