Gvardiola: "Mbappe "Manchester Siti"ga o'tmaydi"

Tolibjon Qosimov
2 okt 2018, 11:41
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola PSJ hujumchisi Kilian Mbappening ingliz klubiga o'tishi borasidagi mish-mishlarni rad etdi.

Oldinroq, 19 yoshli francuzning 224 million evro evaziga "Man Siti"ga o'tishi mumkinligi xabar qilingan edi.

"Bunday mish-mishlarni qayerdan olishadi, bilmayman. "Manchester Siti" Mbappega buncha pul to'lamoqchi emas, garchi u shunga arzisa ham. O'ylashimcha, PSJ futbolchini boshqa klubga sotmaydi", - deya Gvardiolaning so'zlarini keltirdi "Goal.com".

Mbappe o'tgan mavsum Fransiya chempionatining 28 o'yinida qatnashib 13ta gol urdi. Bu mavsum esa 4 o'yinda 4 gol. Fransiya terma jamoasi bilan JCH-2018da g'olib chiqdi va musobaqada to'rtta to'p kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Goal.com