

Ma'lumotlarga ko'ra, ispaniyalik mutaxassis "Manchester Siti"ning kelasi mavsum uchun tayyorgarlik borasidagi rejalaridan norozi. Klubdagilar Xitoyga sayoxatni va "Manchester Yunayted" bilan o'rtoqlik uchrashuvini rejalashtiryapti. Ingliz OAV bir necha marotaba Joze Mourinyo "Manchester Yunayted"ni boshqarishi mumkin ekanligini xabar bergan edi. Mourinyo bilan uchrashish Gvardiolaga yoqmayapti.
Ispaniyalik mutaxassis mavsumga tayyorgarlikni AQSHda o'tkazmoqchi.



