Gvardiola: "Manchester Siti"ga dunyoning eng yaxshi futbolchisi etishmayapti"
23 noy 2024 14:48
Yangiliklar


Gvardiola: "Manchester Siti"ga dunyoning eng yaxshi futbolchisi etishmayapti"
Pep Gvardiola Rodrining "Manchester Siti"da yo'qligini Leo Messidan ayrilgan "Barselona"ga solishtirdi.
"Oltin to'p"ning amaldagi sohibi jarohat sabab mavsum oxirigacha safdan chiqqan.
"Bizga dunyoning eng yaxshi futbolchisi etishmayapti. "Barselona"dagi davrimni eslang, o'shanda Lionel Messi eng zo'ri edi.
2008/09 mavsumni Messisiz o'tkazganimizda, trebl yutgan bo'larmidik? Yo'q, yutmasdik. Messisiz ketma-ket 6ta sovrinni qo'lga kiritarmidik. Yo'q" - dedi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar