Gvardiola: "Manchester Siti"dan ko'proq pul ishlatadigan jamoalar ham bor"
27 fev 2021 09:35
Yangiliklar


Gvardiola: "Manchester Siti"dan ko'proq pul ishlatadigan jamoalar ham bor"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "klub transfer bozoridagi pullar evaziga muvaffaqiyatli o'ynamoqda" degan mazmundagi gaplarga o'z munosabatini bildirdi.
"Bu gaplar doimo bizga nisbatan ishlatiladi. Ko'p jurnalistlarning fikricha, bizning muvaffaqiyatli ishtirokimizga yagona sabab - pullar ekan. Biz buni qabul qilishga tayyormiz. Ammo bizdan ham ko'proq pul ishlatadigan jamoalar bor.
So'nggi 30-40 yil ichida klubimizga nisbatan bunday tanqidlar ishlatilmagan.
"Manchester Yunayted" masalan boshqalarga nisbatan ko'p pul ishlatgani uchun doim g'alaba qozongan. "Barselona" va "Real" haqida ham shunday deyish mumkin. Fikrimcha, biz jahon klublari elitasidan u qadar farq qilmaymiz. Ammo biz buni qabul qilishimiz va o'z ishimizni maksimal ravishda yaxshi bajarishimiz lozim", - dedi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar