So’nggi yangiliklar

10:28Сенсация қайд этган Энцо Мареска финалдан сўнг нималар деди?  0 09:55Расман. Бразилия терма жамоаси аъзоси Россия клубига ўтди  0 09:20Энрике мағлубият ҳақида фикр билдирди  16 08:41Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг икки нафар футболчиси “Нефтчи“ билан шартнома тузди  4 08:07Клублар ўртасидаги ЖЧнинг энг яхши футболчиси аниқланди  19 07:35“Андижон“ легионер дарвозабон билан шартнома тузди  4 07:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" - ПСЖ 3:0  8 02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  169 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  1 00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  1 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  6 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  6

Gvardiola: "Manchester Siti" doim g'alaba qozonishi kerakligi - adolatsizlik" Yangiliklar

Gvardiola: "Manchester Siti" doim g'alaba qozonishi kerakligi - adolatsizlik"

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola klubi standartlari oshib ketgani haqida gapirdi.

"Mening jamoalarimga moslashib olish uchun vaqt berilmagan, desam ham bo'ladi. Bu erga kelganimdagi ilk mavsumimda hech nima yutmagandik va bu haqiqiy falokat bo'lgandi. Nimaga? Odamlarning fikricha, APL Pepga og'irlik qilgan va bu erga moslasha olmaydi deyishgan.

Hozir esa ular APL sovrinini huddi biz yutishga majburdek qabul qilishmoqda. Agarda yuta olmasak, mavsum proval o'tgan deb hisoblashadi. Biroq boshqalar uchun esa bu katta yutuq bo'ladi. Aslida Premer-ligani boshqa jamoa yutmasa ham hech nima bo'lmagandek. CHunki bizning standartlarimiz yuqorilashib ketdi.

Ayni damda Premer-ligani yutmasa, juda katta muvaffaqiyatsizlikka uchraydigan jamoa - biz. Qolganlar uchun katta muvaffaqiyat. "Arsenal", "Liverpul", "CHelsi" ham barchasini birdaniga yutib tashlamagan. Biroq ular uchun bu normal holat.

"Manchester Siti" g'alaba qozonishi kerak. Bu adolatsizlik. Har haftada, har uch kunda, har yilda doimo bir xil bo'lish imkonsiz. Raqiblarimizga qarang, ular ham g'alabalar qozonish yo'lida. Biz ham shu ruhda davom etishimiz kerak.

Har doim yomon holatlar bo'lib turadi. SHu sababli bunday paytlarda men yuqori maqtovlarga aldanib qolmayman. Futbolda va sportda eng qiyini - g'olib bo'lish, g'olib bo'lish va g'olib bo'lish.

Uzoq yillar davomida futbolda juda katta ishlar qildik, turnir g'olibligi uchun asosiy favorit bo'ldik. ECHL yarim finalidan chiqib ketganimizda barcha buni katta falokatga qiyosladi. Lekin o'shanda biz final darajasiga mos emasdik", - dedi Gvardiola.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика