Gvardiola mag'lubiyatga qanday izoh berdi?

Mirjalol Normatov
11 apr 2018, 10:55
Kecha tunda "Manchester Siti" Yevropa chempionlar ligasi doirasida "Liverpul"ga mag'lub bo'ldi va turnirni tark etdi.

Ushbu uchrashuv haqida "shaharliklar" bosh murabbiyi Pep Gvardiola o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Liverpul"ni tabriklayman. Top-jamoani top-murabbiy boshqarmoqda. Ular finalga chiqishga loyiq.

Futbolchilarimni ham turnirdagi yaxshi ishtirok bilan tabriklayman. Ular yaxshi o'yin namoyish etishdi, endi Premer-ligaga katta e'tibor beramiz.

Keyingi bosqichga o'tish qiyin bo'lishini bilgandim. Har bir uchrashuvni tahlil qilib chiqishim kerak. Ketma ket uch uchrashuvda mag'lub bo'ldik, biroq biz chempionatda yaxshi o'yin namoyish etyapmiz.

Biz juda kuchli jamoaga qarshi o'ynadik. "Barselona"ga qarang! Bu turnir juda kuchli. Ikkinchi bo'limda yaxshiroq o'ynagan bo'lsak-da, "Enfild"da biz vaziyatlar yarata olmadik. O'z maydonimizdagi birinchi bo'limda ham", - dedi Pep.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: uefa.com